
Mir Arab madrasasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
2025-yil 21-oktabr kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Buxoro davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Husniddin Eshonqulov ishtirok etdi.
Professor Husniddin Eshonqulov o‘z chiqishida o‘zbek tilining milliy qadriyatlarimiz, tarixiy merosimiz va ma’naviyatimizdagi o‘rni haqida so‘z yuritib, o‘zbek tili har bir fuqaroning faxri va g‘ururi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, tilni asrab-avaylash, uni yosh avlod qalbiga singdirish har bir ziyolining muqaddas burchi ekani qayd etildi.
Tadbir munosabati bilan madrasada “Ona tilim – millatim g‘ururi” nomli maqolalar tanlovi e’lon qilingan edi. Tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1. Usmon Abdusamatov – 1-o‘rin,
2. Temorov Og‘abek – 2-o‘rin,
3. Naimov Muhammadjon – 3-o‘rin.
G‘olib talabalar Mir Arab madrasasi rahbariyati tomonidan sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zbek tilining rivoji, uni yanada boyitish va kelajak avlodga sof holatda yetkazish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bunday ma’naviy uchrashuvlar yoshlar qalbida milliy g‘urur va ona tiliga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Asadulloh Najmiddinov
Bilim yurti ma’naviyat va ma’rifat
ishlari bo’yicha mudir o’rinbosari