
Hadis Musobaqasi bo'lib o'tdi.
Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan hadis yodlash musobaqasi o'tkazildi. Talabalar o‘zlarining ilmiy salohiyati va yod olish qobiliyatini namoyon qilib, quyidagi natijalarga erishishdi:
🥇 1-o‘rin
Abdujamilov Abubakr – 101-guruh talabasi
Yodlangan hadislar soni: 3581 ta
🥈 2-o‘rin
Anvarxo‘jayev Sanjarxo‘ja – 103-guruh talabasi
Yodlangan hadislar soni: 3300 ta
🥉 3-o‘rin
Mirolimov Muhammad Sodiq – 103-guruh talabasi
Yodlangan hadislar soni: 3212 ta
Musobaqa yakunida g‘olib talabalarga tashakkurnomalar topshirildi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Bu kabi tadbirlar talabalarning hadis ilmi bo‘yicha rag‘batini oshirib, ularni yanada ilmga intiluvchan bo‘lishga undaydi.
G‘oliblarni muborakbod etamiz va ilmiy faoliyatlarida yanada yutuqlar tilaymiz!
-xl.jpg)

