20.05.2025

Mir Arab o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi madrasasi kutubxonasi fondi Moturudiylik merosi bilan boyitildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-yanvardagi “Diniy-ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish va diniy ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4551-son Qarori, shuningdek, 2021-yil 26-martdagi “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–5040-son Qarori ijrosi doirasida mamlakatimizda Moturudiylik ilmiy-ma’rifiy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish ishlari tizimli davom ettirilmoqda.

Mazkur maqsadlar asosida yaqinda Mir Arab o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi madrasasi kutubxonasi fondi yirik alloma, hanafiy-moturudiy aqidaviy maktabining namoyandasi bo‘lgan Imom Abu Hafs an-Nasafiyning bir qator noyob asarlari bilan boyitildi. Xususan, uning quyidagi asarlari homiylar tomonidan xarid qilindi:

“Tafsir an-Nasafiy” Abul Barokat Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy (arabcha asl va sharhlari bilan)

"At-Tamhid li qovaidit Tavhid" Abu Sana Mahmud ibn Zayd Al Lamishiy Al Motrudiy

“Tabsiratul Adillah” Abul Mu'iyn Maymun ibn Muhammad an Nasafiy (aql va naql uyg‘unligiga asoslangan aqidaviy risola)

"Bahrul Kalom" Abul Mu'iyn Maymun ibn Muhammad an Nasafiy

Bu asarlar madrasamiz talabalari, ustoz-mudarrislar hamda ilmga chanqoq mehmonlar uchun Moturudiylik asoslarini original manbalardan o‘rganish imkoniyatini yaratadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-noyabrdagi “O‘zbekistonda islom sivilizatsiyasi va aqidaviy maktablarini chuqur o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4474-son Qarorida ham Moturudiylik ta’limotini ilmiy asosda chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Mir Arab madrasasi jamoasi bu boradagi tashabbuslarni amaliyotda qo‘llab-quvvatlab, kelajakda ham Moturudiylik asoslarini chuqur yorituvchi manbalarni kutubxona fondiga olib kirishni davom ettiradi.

Ta'lim muassasasi ARM xodimi
Qodirov Bekzod.