26.08.2026

Vatanga muhabbat

Turli shiorlar, «ona Vatan», «ota yurt» kabi inson qalbiga Vatanga muhabbat urug‘ini ekuvchi so‘zlar biz yosh avlodga yoshligimizdan o‘rgatib kelinadi. Buni qarangki, vaqt o‘tib bu shunchaki so‘z emas, balki hayot tarzimizga aylanib qoldi. Hatto ota-onalar farzandining Vatan sha’niga noto‘g‘ri gap gapirishi yoki unga nisbatan loqayd bo‘lishini og‘ir musibat sifatida qabul qila boshladilar. Natijada, bu kabi qarashlar farzandlarning hushyorligini oshirib, ular o‘z manfaatlarini Vatan kelajagi bilan chambarchas bog‘liq holda ko‘rishlariga zamin yaratdi. Ular Vatan uchun qilingan har bir yaxshi ish o‘z oilasi, qolaversa, butun yurti uchun foydali ekanini teran anglab yetdilar. Bularning barchasi, shubhasiz, yurtimiz mustaqilligining sharofati hamda o‘zlikni anglash yo‘lidagi islohotlarning bebaho ko‘rinishidir. Quyida bayon etiladigan fikrlarni esa ushbu mavzuga biroz boshqacha tarzda yondashuv va samimiy dilso‘zlar sifatida qabul qila qoling.

Ha, biz ham mazkur yuksak tarbiya asosidaulg‘aydik. Biroq Vatanga muhabbatni men chin ma’noda madrasada chuqur his qildim. Maktabdao‘qib yurgan paytlarim Vatanni sevish har bir kishibajarishi shart bo‘lgan majburiy talab yoki jamiyattinimsiz takrorlaydigan ommaviy ohangdagi so‘zdektuyulardi. Lekin Vatanni sevmoq jimjimador, sertakalluf gaplardan emas, butunlay boshqacha, yuksak ma’noga ega tushuncha ekan. Masalan, har birkishi hayotda muayyan maqsad bilan yashaydi. Biroqana shu maqsadni Vatan kelajagiga bog‘lashni har kimham uddalay olmaydi. Inson qachonki yurt taraqqiyotini o‘z taqdirining ajralmas bo‘lagi sifatidaqabul qilsa, ana o‘shanda uning Vatanga bo‘lganmuhabbati haqiqiy va yuksak deb atalishga loyiqdir.

Xo‘sh, Vatanni sevishda ham bir o‘lchov, miqdorbormikan? Keling, shunday bir tarozi bor deylik: uning bir pallasiga Alloh taolo shu Vatanda bizga atoetgan buyuk ne’matlarni qo‘yaylik: tinchlik, salomatlik, moddiy va ma’naviy boyliklar daxlsizligi, emin-erkin ibodat qilish imkoniyati va adolatgabo‘lgan mustahkam ishonch...

Tarozining bir pallasida yurt ne’matlari tursa, ikkinchi pallasini nima bilan to‘ldirayapmiz? Bu – muhim savol. Menimcha, har bir vatandoshning chin ko‘ngildan mehnat qilishi, o‘z ustida tinimsiz ishlashihamda xalq manfaati yo‘lida nafsining xohishlaridanvoz kecha olishi o‘sha tarozini tenglashtiruvchi engmunosib amaldir. Aslida asl fidoiylik va Vatangamuhabbat ham mana shunda – ne’matlargashukronalikni amaliy harakat bilan isbotlashdanamoyon bo‘ladi.

 

Temirov Og‘abek

Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi