Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
2025–2026 o‘quv yili davomida talabalar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning erta aniqlanishi va ularning oldini olish maqsadida Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi rejalashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Mazkur tibbiy ko‘rikni Buxoro shahridagi Buxoro shahar 1-son Oilaviy poliklinikasining malakali mutaxassis shifokorlari amalga oshirdilar. Ko‘rik jarayonida talabalar umumiy sog‘lig‘i, endokrin kasalliklar, og‘iz bo‘shlig‘i va ichki organlar, ko‘rish qobiliyati hamda boshqa muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha tibbiy nazoratdan o‘tkazildi.
Shuningdek, shifokorlar tomonidan sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish va mavsumiy kasalliklarning oldini olish yuzasidan zarur tavsiya hamda maslahatlar berildi. Tibbiy ko‘rik davomida aniqlangan ayrim holatlar bo‘yicha talabalar qo‘shimcha tekshiruv va davolanish uchun tegishli tibbiyot muassasalariga yo‘naltirildi.
Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalar salomatligini muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.



УЗ
РУ
EN
العربية