04.12.2025

Konstitutsiya – demokratik taraqqiyot yo`lida va fuqorolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir.

 

     Konstitutsiya — davlat va jamiyat hayotining eng muhim poydevori bo‘lib, u xalqning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etadi. Har bir davlatning konstitutsiyasi uning tarixiy rivojlanish jarayoni, siyosiy tajribasi va ijtimoiy ehtiyojlariga mos ravishda shakllanadi. Konstitutsiya jamiyatning tartibli va barqaror rivojlanishini ta’minlash, fuqaro huquqlarini kafolatlash hamda davlat hokimiyati tarmoqlarining o‘zaro muvozanatini belgilashga xizmat qiladi. Konstitutsiyaning ahamiyati davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Barcha rivojlangn davlatlar inson haq-huquqlarini  ta`minlash uchun o`z konstitutsion qonunlarini ishlab chiqanidek O`zbekiton Respublikasi ham xalqning xohish irodasiga ko`ra o`zining milliy konstitutsiyasini qabul qildi.
      1992-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida Konstitutsiya qabul qilindi. Shu kundan boshlab 8-dekabr — Konstitutsiya kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu tarixiy hujjat xalq suvereniteti, inson huquqlari, demokratiya va ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Konstitutsiya qabul qilinganidan buyon zamon talablariga mos ravishda bir necha bor takomillashtirildi. Xususan, 2011-yil, 2017–2023-yillarda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar jamiyatning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqib amalga oshirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yuqori darajada tizimlashtirilgan hujjat bo‘lib, unda davlat va jamiyat hayotining barcha asosiy sohalari qamrab olingan. Konstitutsiya 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat. Konstitutsiyaning eng muhim qismi — inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklari bilan bog‘liq bo‘limdir. Unda shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, manfaatlari oliy qadriyat sifatida e’tirof etilgan. Fuqarolarning ta’lim olish, mehnat qilish, mulkka egalik qilish, erkin fikrlash, vijdon erkinligi, oshkoralik, saylov huquqi kabi fundamental huquqlari mustahkamlangan. Va yana Konstitutsiyada shaxsning daxlsizligi, sud himoyasi, sha’ni va qadr-qimmati, e’tiqod erkinligi, tenglik tamoyili kabi universal huquqlar mustahkamlangan. Bu huquqiy demokratik jamiyat qurishning eng muhim omillaridan biridir.
        Konstitutsiya insoniyat siyosiy tafakkuri taraqqiyotining yuksak natijasidir. U davlatning asosiy qonuni sifatida nafaqat tuzilishini belgilaydi, balki fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiladi, jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, konstitutsiya har bir xalqning erki, irodasi va istiqbolini aks ettiruvchi eng oliy huquqiy hujjatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mamlakatda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy hujjatdir. U xalq irodasini ifodalaydi, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi, davlat hokimiyatining samarali ishlashini ta’minlaydi. Bugun Konstitutsiya O‘zbekistonning siyosiy va ijtimoiy taraqqiyotida bosh yo‘nalish bo‘lib xizmat qilmoqda. Har bir fuqaroning konstitutsiyaviy bilimga ega bo‘lishi esa jamiyatda qonun ustuvorligi va adolatning qaror topishiga xizmat qiladi.


Isroilov Aburouf
Mir Arab o`rta maxsus islom ta`lim muassasasi 3-bosqich talabasi