Konstitutsiyaning ijtimoiy-huquqiy mohiyati va zamonaviy davlat qurilishidagi o‘rni
Jamiyatda huquqiy qoidalar va me’yorlarning vujudga kelishi insoniyat taraqqiyotining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, qadimdan ijtimoiy tartib va barqarorlikni ta’minlash vositasi sifatida e’tirof etilgan. Insonlar o‘zaro hamkorlik, mulkiy aloqalar, xo‘jalik yuritish va birgalikda yashash jarayonida tabiiy ravishda turli kelishmovchiliklarga duch kelgan. Shu kabi ehtiyojlar jamiyatda umumiy me’yorlar, tartib-intizom tizimi, adolat mezonlari va davlat hokimiyati tomonidan tasdiqlanadigan rasmiy huquqiy normalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - mamlakatning oliy darajadagi normativ-huquqiy hujjati bo‘lib, unda davlat suvereniteti, xalq hokimiyati, inson huquqlari, jamiyat tuzilishi va davlat boshqaruvining asosiy tamoyillari mustahkamlangan. Konstitutsiyaning muqaddimasida xalqning bosh maqsadi sifatida huquqiy davlatni barpo etish niyatining qayd etilishi bejiz emas. Huquqiy davlat - bu fuqarolarning qonun oldida tengligi, davlat organlari faoliyatining qonuniyligi, hokimiyatlar bo‘linishi va inson huquqlarining kafolatlanishi bilan belgilanadi. Qonun ustuvorligi prinsipi demokratik jamiyatning ajralmas unsuri bo‘lib, u davlat boshqaruvida fuqarolarning bevosita yoki bilvosita ishtirokini ta’minlaydi. Qonunlar parlament tomonidan qabul qilinadi, ayrim fundamental masalalar esa butun xalq ishtirokidagi referendum orqali tasdiqlanadi. Shu bois Konstitutsiya xalq irodasining oliy huquqiy ifodasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ilk bor 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan va mustaqillik poydevorini mustahkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Keyingi 30 yil davomida unga bir necha bor o‘zgartishlar kiritilgan bo‘lsa-da, ular asosan davlat hokimiyati tizimiga oid bo‘lgan. 2023-yilning 30-aprelida esa umumxalq referendumida Konstitutsiyaning yangi tahriri qabul qilindi. Bu jarayon O‘zbekiston konstitutsiyaviy-huquqiy tarixida eng yirik islohotlardan biri sifatida qayd etildi.
Yangilanish natijasida:
- moddalar soni 128 tadan 155 taga,
- huquqiy normalar soni 275 tadan 434 taga oshirildi,
- Konstitutsiya 65 foizga yangilandi.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - bu nafaqat huquqiy hujjat, balki davlat taraqqiyotining strategik yo‘nalishlarini belgilovchi bosh dasturdir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada asosiy yondashuv tubdan o‘zgardi: “davlat–jamiyat–inson” ketma-ketligi o‘rnini “inson–jamiyat–davlat” formulasi egalladi.
Umumiy ma’noda shuni aytish mumkinki, qonunlar kishilarning huquqlari orasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Birovning haqqi birovga o’tib ketishidan saqlaydi. bir biriga zulm qilgan kishilarni esa jazolaydi. Bu odamlar orasida adolat o’rnatilishiga, o’zaro ishonch, mehr-oqibat kabi tuyg’ular hsakllanishida muhim o’rin tutadi. Zero, qonun ustuvor mamlakatda o’sish, rivojlanish bo’ladi.
Temirov Og’abek
Mir Arab o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi
УЗ
РУ
EN
العربية