Radikalizm, Islomofob
Hozirgi zamonda radikalizm, islomofoblik kuchayib ketmoqda. Ayniqsa bu o'zbek millatining ichidan ham chiqayotgani achinarli holat. Bunga nimalar sabab bo'lmoqda shu haqida gaplashamiz inshaalloh.
Avvalambor telegramdagi ateistik guruhlar, kanallardan boshlasak. Meni bilishimcha yaqin 5 yilda bunday ateistik guruhlar ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lib ketdi. U yerda islomga nisbatan har xil radikal, islomofob insonlar islomni qoralab 24 soat suhbatlashib o'tirishadi. Hatto kechasi bilan uxlamasdan Islomni yomonlab chiqishadi, Islom dinidagi mavzulardan musulmonlarning qalblariga shubha sochishadi eng qizigi ularning bu gaplariga dalillar keltirsangiz yo dalilni tan olmaydi, yo ustingizdan kulishadi, yo bolmasa boshqa masalaga sakrab ketadi. Mana shu holat menga noodatiy tuyildi va nima uchun ular bunday qilishayotganligini sababini izlashga kirishdim.
Avvalombor men ateistni 2ga bo'lib olaman. (Shaxsiy fikrim)
1. Xolis ateist
2. Sotqin ateist
Sotqin ateistni ham ikkiga bo'laman
1. Nafsiga sotilgan
2. Shaxsga sotilgan(Yoki pulga sotilgan desa ham bo'ladi)
Xolis ateist- bu turdagi ateist xudo borligini tili bilan ham qalbi bilan ham inkor qiladi. Unga aqliy dalillar bilan Yaratuvchi borligini isbotlab berilsa hidoyat topishi mumkin.
Sotqin ateist esa Yaratuvchi borligini tili bilan inkor qilsada lekin baribir qalbida yaratuvchi borligini inkor qila olmaydi.
Shaxsga sotilgan ateist - mana shular haqiqiy xoinlardir. Bu turdagi "insonlar" o'z millatini, o'z dinini, iymonini pul evaziga ma'lum bir shaxslarga sotgan insonlardir. Yuqoridagi kabi ateistik gruppalar adminlari mana shularga misol boladi. Bu sotqinlar kam bo'lishi mumkin lekin bu sotqinlar sababidan quyidagi tur ateistlari kelib chiqmoqda
Nafsiga sotilgan ateist unga islomni bazi ahkomlari nafsiga og'ir kelganligi uchun( zinodan saqlanish, aroq ichmaslik, namoz oqish, ro'za tutish……..)
Yuqoridagi sotqin ateistlarga ozini ishontirib ateist bolib olgan(aslida qalbida bariribir Allohga ishonadi hammasi nafs uchun)
VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA
2-bob. Vijdon erkinligini ta’minlash asoslari
6-modda. Fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar teng huquqliligi
Fuqarolarning huquqlarini ularning dinga munosabatiga qarab har qanday tarzda cheklash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ustunliklar belgilash, ularning diniy yoki ateistik e’tiqodi bilan bog‘liq holda fuqarolarda adovat va nafrat uyg‘otish yoxud ularning his-tuyg‘ularini haqoratlash, xuddi shuningdek muqaddas diniy e’tiqod obyektlarini tahqirlash qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ateistlar mana shu qonunlardan qorqmasdan bemalol Islom dini ustidan kulib otrishadi. Buni sababini ham topildi. Sotqinlarning aksari hozirda Aqsh-amerika qo'shma shtatlarida ekanligi ma'lum bo'ldi (Telegramdagi bazi botlar orqali id raqami orqali lokatsiya aniqlandi (profiliga bemalol ozini rasmlarini qoygani raqamini korinadigan qilganidan ham bilsa boladi aslida))
Asosiy mavzuga o'tamiz endi bu ateistlar kimlarga xizmat qiladi shu haqida gaplashamiz Dunyoda turli maxfiy tashkilotlari bor ularni aksari amerikada bularga Globalistlar, Masonlar, Satanistlar, Sionistlar, Lyutsiferlar misol bola oladi bu tashkilotlarning hammasini o'z maqsadlari bor bularni birlashtirib turgan jihad bular barchasi yahudiy(siyosiy)lar tomonidan qo'llab quvvatlanadi
Shulardan Globalistlar va Masonlar (bir manbada Masonlar deb eshitdim boshqa manbada Globalistlar) asosiy maqsadi yer yuzidan hamma dinlarni yoq qilish nima uchun desa ularni etiqodida agarda yer yuzidan barcha dinlar yo'q bo'lsa Dajjol chiqadi va ular Dajjol bilan yer yuziga egalik qilishadi. Buni ular qanday qiladi? Qanday qilib yer yuzidan dinlarni yo'q qilishmoqchi? Ularda pul bor. Dollarni masonlar ixtiro qilgan, Amerikada dollar chiqaradigan katta-katta banklar masonlarga tegishli. Hatto Amerikaning o'zi ham shu banklardan qarzga botib ketgan. Va hozirgi kunda dollarni ko'rib turibmiz.
Qisqasi ularda pul ko'p. HOZIRDA ULAR SHU PULLARIDAN FOYDALANIB REJALARINI AMALGA OSHIRMOQDALAR. YA'NI HAR BIR DAVLATDAN, HAR BIR MILLATDAN O'SHA MILLAT TILIDA GAPLASHADIGAN XOINLARNI SOTIB OLISHYAPTI VA IJTIMOIY TARMOQLARDA BIR QANCHA ATEISTIK GURUHLAR OCHIB ATEIZMGA TARG'IB QILISHYAPTI.
Endi yuqoridagi sotqin ateistlar bilan bu tashkolotlarni o'ylab qarasak ikkalasi bir yo'lda ekanligiga guvoh bo'lamiz. Eng achinarlisi bu guruhlarga musulmonlar kirib mana shu sotqinlar bilan baxslashib vaqtini va asabini ketkizishyapti, ular bu ateistlarni vazifasi borligini baribir ularni aytgan gaplarini, keltirgan dalillarini tan olishmasligini bilishmaydi. Chunki bu turdagi ateistlarning vazifasi biror nimani isbotlash, haqiqatni topish emas, balki, dinni buzishdir. Aksar hollarda musulmonlar bu guruhlarda uzoq vaqt baxslashib, qolib ketgandan keyin (avvaliga deist bolib) islom dinidan sekin asta shubhalanib chiqib ketayotganligi achiq haqiqatdir. Bir aqlli gap bor "Elektirik emasmisan razetkani kovlama, Halok bo'lasan" shunga har bir musulmon amal qilishi kerak. Dinni yaxshi tushunmaydimi shunday ateistik guruhlarga kirib iymonini hatarga qo'ymaslik kerak zero bu dunyodan iymon bilan o'tish Ulkan Saodatdir.
Xulosa shuki musulmonlar bu kabi fitnalarga aldanib qolmasligi kerak musulmon kishi sergak bolishi kerak. Ayniqsa tolibi ilmlar bu fitnalardan ogoh bolishi bu fitnalarga ilm olishlik bilan qarshi kurashishi kerak. Alloh asrasin agar Bu ketishda ketsa kelajakda Islom diniga katta xatarlar bo'lishi ehtimoldan yiroq emas.Misol uchun bir musulmonning qalbida biror (e'tiqodiy) shubha bolsa u imom yoki noibdan, ahli ilmdan so'raydi agar shu paytda u qoniqarli javob ola olmasa (Xudo asrasin) kofir bo'lib ketishi mumkin. Shuning uchun biz madrasada ilmlarni yaxshi o'zlashtirishimiz kerak. Ayniqsa Kalom ilmi va Mantiq fanlarini puxta o'zlashtirishimiz har bir talabaga lozim va lobut bo'ladi.
Alloh barchamizni to'g'ri yo'lidan adashtirmasin, to'g'ri yo'lda sobitqadamlardan qilsin. Xoinlarga O'zi kifoya qilsin. Hammamizni so'ngi nafasimizda "la ilaha illa Alloh, Muhammadur rosululloh" deyish nasib etsin. Amiyn.
Mahmudov Usmon,
Mir Arab o’rta maxsus islom bilim yurti 4-bosqich talabasi