“Radikalizm”
Mehribon va Rahimli Allohning ismi bilan boshlayman!
Radikal bu – lotin tilidan olingan bo‘lib Radix (ildiz) degan maʼnoni bildiradi.
Yaʼni – tub, qatʼiy va keskin choralar, harakatlar, dasturlar tarafdori. Barcha radikal qarashlarning umumiy bo‘linishi ikki turga bo‘linadi - o‘ng va chap, ular o‘z navbatida ko‘p turlarga bo‘linadi, baʼzi jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi, lekin bir xil turdagi umumiy «tarafsizlik» dir.
1) O‘ng radikalizm bu – uning asosi qanchalik qarama-qarshi ko‘rinmasin, muayyan jamiyatning qandaydir anʼanaviy, arxaik tizimini qaytarish istagidir.
2) Chap radikalizm esa - o‘z qarashlarida o‘ngga to‘liq qarama-qarshidir.
Radikalizmni ideologiyasi “Radikal ishi” Alfredo Maneyro tomonidan asos solingan, qaysiki u o‘zi buni “radikal demokratiya” deb aytgan.
Radikalizm umumeʼtirof etilgan anʼanalarga butunlay zid munosabatda bo‘lib, keskin harakatlarni yoqlab chiqadi. Radikalizm turli qismlarga bo‘linadi, asosan bu atama aksari holatda siyosatga nisbatan ishlatiladi yaʼni siyosiy radikalizmdir. O‘rta asrlarning so‘ngida va Yangi davr boshida radikalizm demokratiya shiorlari bilan chiqqan. Ularning tarafdorlari Lokk, Russo va boshqalar bo‘lishgan.
Hozirgi davr radikalizm ekstremizmning nazariy manbayi bo‘lib, ijtimoiy muammolarni hal qilishda zo‘rlik usullari va vositalaridan foydalanmoqda. Hozirgi paytda radikal kayfiyatlar va qarashlar aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar orasida, iyumpenlashuv kuchaygan mamlakatlarda ko‘proq kuzatilmoqda.
Islomiy radikalizm
Islom radikalizmi siyosiy islomning zo‘ravonlik bilan siyosiy kurash usullari qo‘llangan ekstremal ko‘rinishdir. Radikalizm – fundamentalizm bir turi. Islom boshqa dinlar kabi nizolarning asosiy sababi bo‘la olmaydi. Islomning radikallashuvi uning siyosatlashuv jarayoni bilan bog‘liq.
Bugungi kunda Islomiy radikalizm global siyosiy vaziyatni beqarorlashtiruvchi omilga aylandi. Maqolada Islom radikalizmning negizida yotgan va uning taʼsirini ko‘plab mamlakatlarda yoyishga xizmat qilayotgan teologik asoslar, mafkuraviy va asosiy qadriyatlar ko‘rib chiqiladi. Diniy ekstremizmning shakllanishi va keyin rivojlanishi uchun qulay shart – sharoit yaratuvchi ichki va tashqi sabablar va shart – sharoitlarning umumiy tahlili Yaqin Sharqning aksariyat mamlakatlariga xos bo‘lgan “quvib modernizatsiya” qarama – qarshiliklari va demografik nomutanosibliklarni hisobga oladi, va fundamentalistlar tomonidan ekstremistik mafkuraning asosi sifatida mahorat bilan foydalaniladi. Bu diniy – siyosiy hodisaning muhim mazmuni – Islom fundamentalizmi ko‘rib chiqiladi ; vujudga kelish sabablari, mavjudlik tamoyillari va maqsadlari ; terrorizmning mafkuraviy kontsepsiyasi Islom Davlati mafkurasi sifatida siyosiy Islomning teologiyasi va amaliyoti o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilgan.
Mir Arab o‘rta maxsus Islom bilim yurti
303-guruh talabasi Salomov Abdulloh