17.10.2023

Hozirgi davrda Radikalizm eng muhim e'tibor beriladigan mavzulardan biriga aylandi

Lekin ba'zi bir insonlar o'ylaydilarki albatta bu mavzu hozirgi kunda muhim etibor qaratiladigan narsalardan biri emas deydilar.Albatta bilamizki hozirgi kunda nafaqat Radikalizm va boshqa biz bilishimiz lozim bo'lgan mavzular bor.
Lekin bu borada mening fikrim eng muhim mavzulardan biridir .Faqat insonlar hayoti uchun emas balki kelajakda shaharlar rivojlanishi va taraqqiy etmoqligi uchun bilish muhim sanaladigan mavzudir.
Bu Radikalizm borasida yozishimdan maqsad o'zim uchun va boshqa insonlarga ham manfaatli bo'lish maqsadida..

Avvalambor Radikalizm,(lug'atda -lotincha radiks so'zidan olingan bo'lib ildiz, bir narsani tagi tubi degan ma'noni) anglatadi 
Fan tilida ( mavjud tizimni mutloq yo'q qilishga qaratilgan fikrlar majmuasi ) Radikalizm muayyan shaxs yoki guruhning mavjud ijtimoiy siyosiy va madaniy holatini tubdan o'zgartirishdir.
Radikalizm jarayoni Ayniqsa diniy yo'nalishda ham ko'p ko'zatiladi.Bunda shaxs o'z diniy etiqodini haq deb bilib o'zgacha e'tiqodiy qarashlar va fikrlarga murosasiz keskinlik asosida yondashadi va ularni zo'rlik yo'llari bilan o'zgartirishga harakat qiladi.

Asosan Radikalizmning shakllanishiga sabab bo'luvchi omillar bu bolalikdagi ta'lim tarbiya, shaxsning o'ziga xos hususiyatlari ya'ni o'ziga past baho bermoq ,va o'zini mutakabbir tutmoq va xulq -atvorni vayron qiluvchi va yemiruvchi omillar va yod g'oyalardir.

Ba'zi bir olimlarning takidlashicha hozirgi kundagi yoshlarda Radikalizm tushunchasining paydo bo'lishi bu yoshlardagi tajribasizlik va hissiyotga tayangan holda ish yuritishi ,tashqi ta'sir natijasida ruhiy holatning o'zgaruvchanligi ruhiy tushkunlikka tez tushishi va ruhiy zarbalarga chidamsizligi yaqinlari e'tiboridan butunlay chetda qolishi asosiy sabablardan biridir 
Yana qo'shimcha ravishda shuni takidlash kerakki hozirgi kundagi Axborotlarni to'laqonli tahlil qilmaslik ,Internetda insonning fikriga yod g'oyalarni singdiradigan guruhlarga a'zo bo'lmoq har hil turdagi narsalarga ishonuvchanlik kabi qator omillar Radikalizm sabablaridan yana biridir.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash kerakki rivojlanayotgan zamonda eng muhim o'rin qaratiladigan jihat har bir inson bu borada yaxshi bilmoqligi, va uni maqsadlarini nimaligini va natijasi nimaga olib borishini bilmog'i lozim sanaladi.


Adham Aliqulov, 
Mir Arab o’rta maxsus 
islom ta’lim muassasasi 4-bosqich talabasi