Plastik jarrohlik qilish
Hozirda musulmonlar orasida ham chiroyli bo’lish uchun jarrohkik yo’li (plastik jarrohliklar) urfga aylandi. Shuni eslatib o’tish lozimki, plastic jarrohliklar ikki qismga bo’linadi. Ular quyidagilar:
• Zaruriy plastik jarrohliklar. Mayib-majruhlikni davolashda qilinadigan.
• Go’zallashish uchun plastik jarrohliklar. Bunda zarurat ham hojat ham bo’lmay, faqatgina, to’g’irlash va yanada chiroyli bo’lish uchungina qilinadi .
Tibbiyot olimlari jarrohlikni (plastik jarrohlik)ni ikki turga taqsimlashgan:
• Zaruriy. Insonning tashqi ko’rinishidagi, yoki yuzidagi nuqsonlarni davolash uchun qilinadi. Masalan: Urushlardagi hodisadan so’ng nuqsonlar. Bu Fuqaholar nazdida Islom avvalida joriy bo’lgan turga mansub.
Oqibati muvaffaqiyatli bo’lishi kafolatlanmaydi. Bunda tajribali jarrohlar uni bu fikridan qaytarib, oqibati doimo yaxshi bo’lmasligini tushuntiradi.
Operatsiya qilinishi zarur bo’lgan nuqsonlarni tibbiyotchilar quyidagicha taqsimlagan:
1. Tug’ma yoki biror kasallikdan keyin orttirib olingan.
2. Keyinchalik paydo bo’lgan yo bo’lmasa, baxtsiz hodisalardan keyingi nuqsonlar. Bu operatsiya qilinishini taqozo qilgan turdir. Ya’ni joiz bo’ladi. Agarchi yaxshilanish va chiroylilashish uchun bo’lsa ham. Sabablari quyidagilar:
• Bu ayblar hissiy va ma’naviy zararni qamrab olgani uchun.
• Bu operatsiyalar quyidagi ishlar bo’lgani ucun Allohning yaratganini o’zgartirishga kirmaydi:
a) O’zgartirishni taqozo qiladigan zarurat borligi. Bu esa Qur’onda kelgan harom qilinganlar safiga kirmaydi.
Imom Navaviy rahimahulloh: “Agarda tishni aybini davolash uchun Uni o’zgartirishga ehtiyoj tug’ilsa, buning zarari yo’q (Allohning yaratganini o’zgartirishga kirmaydi)” - deganlar . Harom qilingani esa yanada husnga ziyodalik qilishdir.
b) Bu ishlar Allohning yaratganini qastdan o’zgartirish bo’lmagan operatsiyalardandir. Zeroki, maqsadi zararni yo’qotishdir. Buning orqasidan yaxshilanish hamda chiroyli bo’lsa ham.
c) Bu Allohning yaratganini o’zgartirmaydigan jarrohliklardan. Balki, Allohning yaratgani qaytarish bo’ladi.
Tug’ma ortig’cha a’zolarni jarrohlik yo’li orqali olib tashlash joizligi to’g’risida o’tgan va hozirgi faqih ulamolar o’rtasida ixtiloflar bor. Mulohaza qilib ko’rilsa, ko’pchiliklarining so’zi ortiqcha barmoq haqidadir.
Ko’pchilik hanafiylar: “Kishi ortiqcha barmog’ini olib tashlamoqchi bo’lsa, buning natijasida sog’ligiga zarar yetib, o’ladigan bo’lsa, bu ishga ruxsat berilmaydi. Agarda oxiri muvaffaqiyatli tugashiga tabiblar kafolat bersa, bu ishning zarari yo’q ”,- deganlar.
Qozi Iyoz esa; “ Ortiqcha a’zolarni kesish, sug’irish joiz emas. Sababi, Allohning yaratganini o’zgartirish bo’ladi. Agarda shu ortiqcha a’zosi unga aziyat bersa (jonini og’ritsa) uni kesib tashlash joiz.”,- deganlar
Foydalangan adabiyotlar: