RADIKALIZM - katta fojialarga eltuvchi illat
Har qanday mantiq chegarisini buzib yuborayotgan ba’zi ishlarni ko’rib “bu qanday mumkin bo’ladi ?” degan savol o’rtaga chiqadi. Tog’rida 21-asrda ba’zi mutafakkirlar “insoniyat o’smirlik pallasidan o’tdi” deb turgan bir paytda yuz berayotgan urushlar,xunrezlilar,bombalar ostida qolayoygan yosh bolalar suratlarini ko’rib shunchaki yuzadagi emas – chuqurroq sabablarni izlaysan kishi. Ongli mavjudot bo’lmish inson qavmi yetuklik payti kelib ham o’z-o’zini o’ldirayotganini ko’rib , inson qiyofasini yo’qotmagan har bir kishi o’yga toladi. Inson ajib mavjudot. Sababi uning dunyoqarashi. Ya’ni u dunyoni yaxlit tasavvur eta oladi. Oqni qoraga , yaxshini yomonga ajrata biladi. Xo’sh, yer sayyorasida yaxshi yomonni ajrata oladigan mavjudot hukmron ekan qayerdan buncha mudhish , hech bir taroziga sig’maydigan ishlar. Batahqiq , bunaqa buzilish aynan…. radikallashish evaziga sodir bo’ladi. Insonlarning qarashlari turlicha bo’ladi. Hatto bitta qarashning ichida ham turlanish bo’ladi va hatto bitta oila a’zolari ichida ham turlicha qarashdagi kishilar bo’lishi mumkin. Zero . inson bir xil emas. Qarashlarni aylana shaklida tasavvur etamiz. Uning markazi- eng mo’tadil qarashlar. Aylananing sirtiga yaqin joylar- keskinoq qarashlar. Ammo aylana chegarasidan nariyog’i o’ta keskin , radikal qarashlar. Radikal qarash nima degani? Keling radikalizmga ta’rif beraylik. Kim radikal? Radikalizm – o’zini fikrini to’g’ri deb bilish va qarshisida turgan odamning fikrini no’tog’ri deb bilish va qarshisida turgan odamni o’zini fikriga majburlab bo’ysundirishga harakat qilishlikdir. Lekin bir holat bor , masalan bir kishini o’z fikri bor va boshqa bir kishini o’z fikri bor va buni ilmiy-mantiqiy asosda isbotlash uchun sherigini maydonga taklif qilishlik radikalizm emas. Islom dinida islom dini nomidan bizni gapimiz to’gri, sening gaping notog’ri sen tavba qilib bizga ergash degan birinchi jamiyat havorijlardir. Ilmiy bahsda ularning da’volari muzdek erib ketadi. Ya’ni, Hazrati Ali ibni Abbos (r.a.) havorijlarga qur’on va hadis orqali xatolarini ko’rsatib berdilar. Lekin nima deyishti, sen kofir bo’lding , tavba qil deyishti. Mana shu radikalizm , biz to’g’rimiz sen xatosan deyishlik va tavba qil deb majburlashlik - radikalizm. Aslida Islomda majburlashlik yo’q.
Radikal tuyg’ular kishini keskin amallarga yetaklaydi: radikal,ekstremistik gaplarni aytishga , yozishga va keskin harakatlarni qilishga olib keladi. E’tibor beradigan bo’lsak bunday ishlarni kam sonli odam qiladi. Zararini esa butun millat ko’radi. Anavi kishilar esa o’zlarini vatanparvar deb hisoblab yuraveradilar. Ekstremizmga o’tishga qarab ketadigan radikalizm – misoli virus. O’ta xavfli, ko’rinmas , tez yuqadigan o’ldiruvchi virus. Bu dardga duchor bo’lgan ota bolasini ham hasta qiladi. Radikal o’qituvchi shogirdiga radikallikni yuqtiradi. Radikallashish avvalida xavfli bo’lmaydi. Ko’rinishlari anchayin beozor bo’ladi. Shunchaki keskin fikrlar , biron bir o’ziga ma’qul bo’lmagan gap aytilganda asabiylashish kuzatiladi. Kuchayganda esa u …… e’tiqodga aylanadi- neofashizim , neonatsizm, shovinizm , ultramillatchilik va hokazolar shular qatorida.
Oliver Roy ismli fransuz olimi o’z maqolasida shunday deydi: “ Islomiy radikalizm degan narsa yo’q, balki , islomlashtiriligan radikallashish bor.” Aslini olib qaralganda radikallik oldindan bor. Agar yaqin Sharqda islom bo’lmaganda radikallik baribir bo’lar edi. Bu janglar , bu urushlar bo’lar edi. Radikallashishni siyosiy taraflari bor, iqtisodiy taraflari bor, ijtimoiy taraflari bor, tarixiy taraflari bor va buni psixionaliz qilish kerak. Ya’ni , buni har tarafda turib analiz qilinganda bu narsalarni yechish mumkin va bu analiz vijdonan qilingan bo’lishi kerak. Men radikalizmga qarshiman. Islomni to’gri tushungan inson radikallashuvga uchrashi mumkin emas. Ya’ni , Islomni tushinayotgan bo’lsa, o’qiyotgan , o’rganayotgan bo’lsa radikallshuvga duch kelmaydi. Shunday ekan diniy radikallshish to’g’risida yozishga o’rin yo’q. Faqat bir o’sha maqoladagi so’zlar ya’ni : “Islomiy radikalizm degan narsa yo’q, balki , islomlashtiriligan radikallashish bor.”
Xulosa qilib yuqorida tasvirlangan aylanaga qaytsak. Jamiyatda yashovchilarning qarashlari shu aylana ichida mujassam bo’lsa , totuvlik bo’ladi. Muamomalarni ham shu aylana ichida muvaffiqiyatli hal qilsa bo’ladi. Aylanadan chiqish bilan jiddiy muammolar paydo bo’la boshlaydi.
Odamlarni la’natlash, garchi ular adashgan bo’lsalar-da, ularno to’g’rilab qo’ymaydi va ezgulikka yaqinlashtirmaydi. Balki undan uzoqlashtiradi. Bu salbiy mavqedan ko’ra, gunohkor birodaringga peshvoz chiqqaning, uni da’vat yoki haqqiga duo qilganing yaxshi . Uni shaytonga o’lja qilib tashlab qo’yma. [ Shayx Yusuf Qarzoviy, “Islomiy uyg’onish inkor va radikalizm o’rtasida”]
Foydalanilingan adabiyotlar va saytlar:
1) Islomiy uyg’onish inkor va radikalizm o’rtasida
2) L’humanite fransiya gazetasi Kun.uz sayti
3) Kun.uz sayti
4) Gazeta.uz
Rasulov Vorisbekning,
Mir Arab o’rta maxsus
islom ta’lim muassasasi
202-guruh talabasi