20.06.2024

"QABUL – 2024"ga start berildi!

🗣 "Mir Arab" o'rta maxsus islom ta’lim muassasasiga 2024-2025-o'quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish jarayoni 20-iyundan boshlandi.

📆 Qabul jarayoni 20-iyundan 20-iyulgacha OFFLAYN SHAKLDA (Yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) 09:00 dan 17:00 gacha davom etadi.

🗂 Kerakli hujjatlar:

✔️ bilim yurti mudiri nomiga ariza;
✔️ pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
✔️ ma’lumoti to‘g‘risida attestat yoki diplom va uning ilovasi (asl nusxasi);
✔️ 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
✔️ chet tili bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa chet tili bo‘yicha imtihon topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.

❗️ Mavjud bo'lsa, arab tili bo'yicha B1 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (At-Tanal Al-Arabi).

‼️ Test sinovlari tashkil etilayotgan o'quv yilidan avvalgi yillarda ta'lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida (ya'ni 170 000 so'm) to'lov undiriladi.

          ☎️ Тел: +998956084597
                        +998956004597

"Mir Arab" o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot xizmati