07.09.2026
Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida "Mustaqillik darslari" o‘tkazildi
Tadbir yakunlangach, Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida yangi o‘quv yilining dastlabki mashg‘ulotlari — "Mustaqillik darslari" bilan davom etdi.
Ushbu darslarda talabalarga Yangi O‘zbekistonimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan ulkan yutuqlar hamda sohadagi so‘nggi yangiliklar atroflicha yetkazildi. Shuningdek, mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va ma’rifat sohasiga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Ochiq muloqot va samimiy ruhda o‘tgan saboqlar talaba-yoshlarda vatanparvarlik, shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish hamda ularning zamonaviy bilim va islohotlardan xabardorligini oshirishga xizmat qildi.
УЗ
РУ
EN
العربية