28.10.2024

Homiylar tomonidan kitoblar hadyasi

Mir Arab oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi ilmiy xodimi va talabalari foydalanishi uchun Axborot-resurs markaziga 2024-yilda eng ommabop oʻqiladigan, kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan mutolaa qilingan 20 dona jahon va oʻzbek adabiyotining bestseller asarlar homiylar tomonidan hadya qilindi.

Mazkur toʻplamdan quyidagi kitoblar joy olgan:
Jarayon;
Yolgʻizlikning yuz yili;
Chol va dengiz;
Ming Quyosh shuʼlasi;
Alkimyogar;
Sherlok Xolmsning soʻngi sarguzashtlari;
Gulliverning sayohatlari;
Boy ota kambagʻal ota;
Kambagʻallar;
Kecha va kunduz;
Asarni qaritgan kun;
Yulduzli tunlar;
Dardingni sev 1-kitob;
Dardingni sev 2-kitob;
va boshqa kitoblar...

Ushbu kitoblardan kitobxonlarimizda qiziqarli hikoya va voqealar, unutilmas sarguzashtlar dunyosini kashf etish imkoni bor. Shuningdek, toʻplamdan jahon adabiyoti shedevrlari bilan birga bugungi zamon yozuvchilarining eng yaxshi asarlari oʻrin olgan.

Axborot-resurs markazi mudiri:
Adiz Usmonov
Axborot-resurs markazi xodimi:
Kodirov Bekzod