16.10.2024

"IMOM DORIMIY VA UNING ILMIY ME'ROSI" mavzusida davra suhbati.

■ Yurtimizda ajdodlar merosini o'rganish va keng jamoatchilikka yetkazish bo'yicha bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 27/1-2171-sonli qarori qabul qilingani ham fikrimiz tasdig'i desak bo'ladi. Bunda Imom Dorimiyning ilmiy merosini xalqimizga yetkazish asosiy maqsad hisoblandi.

■ Ushbu qaror ijrosi yuzasidan Mir Arab o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida bugun 16-oktabr kuni "Imom Dorimiy va uning ilmiy me'rosi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda ta'lim muassasasi ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha mudir o'rinbosari A. Najmiddinov, o'quv ishlari bo'yicha mudir o'rinbosari I. Xolnazarov, ta'lim muassasasi hadis fani mudarrisi U. Jiyanov hamda ta'lim muassasasi talabalari ishtirok etishdi. 
Tadbir davomida Imom Dorimiyning hayot yo'llari, hadis ilmini rivojlantirishda qilgan ishlari haqida alohida to'xtalib o'tildi. Shuningdek, Imom Dorimiyning ustozlari, shogirtlari, buyuk muhaddis va olimlarning bu buyuk zot haqida bildirgan fikrlarini aytib o'tdilar. 
Talablar bergan savollarga atroflicha ma'lumotlar berildi.

A. Najmiddinov
Ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha mudir o'rinbosari.