
Obod va fayzli mahalla – yurtimiz ko‘rki
Bugun, 23-avgust kuni mamlakatimiz bo‘ylab "Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Bu ezgu an’ana yurtimizda qadimdan mavjud bo‘lib, xalqimizning birdamlik va hamjihatlik fazilatlarini yana bir bor yorqin namoyon etmoqda.
Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ham bugungi xayriya hashari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Ustoz-xodimlar va talabalar birlashib, atrof-muhitni tozalash va obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdilar. Tevarak-atroflar supurilib, gulzorlar tartibga keltirildi, daraxtlar oqlandi. Bu jarayon nafaqat muassasa hududini chiroyli va ozoda qildi, balki hasharda ishtirok etganlarning qalbiga ham fayz va quvonch bag‘ishladi.



Hashar – bu oddiygina tozalash yoki supurish ishlari emas. Bu, avvalo, xalqimizning qadimiy qadriyatlaridan bo‘lmish o‘zaro yordam, birdamlik va mehr-oqibatning amaliy ifodasidir. Birgalikda mehnat qilgan insonlar bir-biriga yanada mehr qo‘yadi, hamjihatlik ruhi mustahkamlanadi.
Mir Arab madrasasida o‘tkazilgan bugungi xayriya hashari shundan dalolat berdiki, jamiyatimizdagi har bir ezgu ish hamisha xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi va faol ishtiroki bilan amalga oshadi. Shunday hasharlar tufayli mahallalarimiz obod, yuraklarimiz esa fayzli bo‘lib boraveradi.
Bilim yurti matbuot xizmati