ILM OLISH MAFKURAVIY TAHDIDLARGA QARSHI KURASHNING YAGONA YO`LI
Bismillahir rohmanir rohim
Olamlarning robbisi Аlloh subhonahu va taologa bitmas tuganmas hamdu sanolar, barcha Paygʼambarlarning sayyidi, janobi Paygʼambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavotu salomlar boʼlsin!
Bugun shiddat bilan taraqqiy etayotgan asrimizda insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tubdan o‘zgarib ketdi. Yangi yangitexnologiyalar kundan kun o`zgarib, internet va simsiz aloqa vositalariinsonlar uzog`ini yaqin, dunyoning turli chekkasidagi kishilar muloqotiniyengil qilishda xizmat qilmoqda. Ammo bu o‘zgarishlar natijasida birqator dolzarb, ahamiyatli, bashariyatning kelajakdagi ijtimoiytaraqqiyotini belgilab beradigan muammolar ham vujudga keldi. Dunyoda g‘oyaviy, mafkuraviy tahdidlar kun sayin ortib bormoqda.
Bunday sharoitda sog`lom e`tiqodli, ilmli, o‘z maqsadini aniqbelgilab olgan, ehtiyoj va manfaatlarini yaxshi anglab yеtgankishigina dinini, kelajagini saqlab qoladi va o`z istiqbolini belgalaydi. Shunday ekan ta`lim va tarbiyaga e`tibor qaratish biz uchun najot yo`lihisoblanadi. Zero Аlloh taolo ilmni Qiyomat kuniga qadar bandalari uchunikki dunyo saodatiga erishish vositasi qildi. Sarvari koinot Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Quroni Karimdan birinchi nozil bo‘lganoyatlarning avvalgi so‘zi ham “Iqro” (o‘qi) buyrug‘i bo‘ldi. Shuning o‘ziham dinimizda ilmga qanchalik e’tibor qaratilganligiga dalolat qiladi. Qur’onda ilm to‘g‘risida juda ko‘plab oyatlar nozil bo‘lgan.
Alloh taolo Qurʼoni karimda ilm ahlining fazli to`g`risidaquyidagicha marhamat qiladi:
“…Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur. Alloh qilayotgan (barcha yaxshi va yomon) amallaringizdan xabardordir” (Mujodala surasi, 11).
Alloh taoloning O‘zi ahli ilmlarning, olimlarning darajasini anashunday ko‘tarib qo‘ygan. Chunki dinimiz ilm dini, dinimiz ma’rifat dini, dinimizda jaholat mazammat qilingan, ilmsizlik qoralangan.
Buni teran anglagan ulugʼ ajdodlarimiz ilmda ulkanmuvaffaqiyatlarga erishdilar, asrlar mobaynida nafaqat diniy, balkidunyoviy ilmlarda ham insoniyatga ustozlik qildilar. Butun insoniyyatbugungi kunga qadar ushbu ilm ummonidan bahra olib kelmoqda. Johillikdan maʼrifat sari intilish bu dinimiz koʼrsatmasidir.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan ham ilm olishgadalolat qiluchi nihoyatda ko‘p hadis shariflar vorid bo‘lgan:
Abu Umoma al-Bohiliy dan qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohualayhi va sallam shunday marhamat qiladilar:
“Darhaqiqat, Alloh, Uning farishtalari, osmon va yer ahllari, hattoinidagi chumoli va dengizdagi baliqlar ham odamlarga yaxshiliko‘rgatuvchi olimlarni duo qilishadi”, dedilar. Demak ilm ahliga Allohtaolo O`zining rahmat nazari bilan qaraydi farishtalar va yerdagi barchamavjudotlar esa doimo duoda bo`lishar ekan.
Tarixda musulmon olimlari dunyo xalqlariga ko‘plab kashfiyotlarnitaqdim etganlar. Bu kashfiyotlarning ko‘pi aniq fanlarga ya'ni matematika, geometriya, astronomiya, fizika, kimyo hamda tibbiyot fanlariga to‘g‘rikelgan.
Bugun-chi, Dunyoda ilm-fan shiddat bilan rivojlanayotgan, har kuniturli sohalarda yangiliklar qilinayotgan bir paytda bu kashfiyotlarningqancha qismi bizning diyorlarga, musulmonlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda? Ha, afsuski, bu nisbat juda kam bo‘lib, bizni ogohlikka, ilm-fan bilanjiddiyroq shug‘ullanishga undaydi.
Darhaqiqat, agar biz haqiqiy taraqqiyotga erishmoqchi bo‘lsak, dunyoning peshqadam xalqlari safiga qo‘shilmoqchi bo‘lsak, ilmgabo‘lgan bugungi munosabatimizni Islom ta'limotlari asosida olibborishimiz darkor.
Ayniqsa bugungi kun yoshlariga juda ko‘p imkoniyatlar yaratibberilganiga qaramay ba`zi yoshlarimiz bu imkoniyatlardan oqilona vato‘g‘ri foydalanishmayapti. Vaholangki, yoshlik davrida vaqtning qadrigayetish, undan unumli foydalanish, vaqtni ilm olish, kasb-u hunaro`rganishga sarflash lozim.
Chunki har qanday yomonlik, razolat va yot g`oyalarga aldanibqolish ortida ilmsizlik va jaholat yotadi. Shuning uchun ham jamiyatimizdagi har bir shaxs muborak dinimiz taʼlimotlariga tayanganholda, ilm olishdan to`xtamasligi, kelajak avlodni ham dunyoviy va diniybilimlardan bahramand qilib, ularni ahli solih, barkamol inson boʼlibyetishishiga erishmog`i kerak. Zero millatning ma'naviy dunyosiqashshoqlanmasligi, axloqi buzilmasligi, soxta va buzg‘unchi e'tiqodlar vamadaniyatlar ta'siriga tushib qolmaslig uchun har birimiz ta`lim-tarbiyagajiddiy e`ribor qaratishlari lozim.
Alloh taolo barchalarimizni O`zining hidoyatida poydorimustaqim aylasin!
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Mir Arab o`rta maxsus islom ta'lim muassasasi mudarrisi
A.Mustafoyev ma`lumotlar asosida tayyorladi
УЗ
РУ
EN
العربية