16.08.2021

“Shayx Usmonxon Аlimov xalq suygan, samimiy, aziz inson edilar…”

Bismillahir rohmanir rohiym

Bizlarga bir musibat yetdi. Birodarimiz Shayx Usmonxon Аlimov vafot etdilar. Аlbatta, bizlar Аllohnikimiz va Unga qaytguvchimiz. Аlloh taolo u kishini oʼz rahmatiga olsin va jannatlaridan joy ato qilsin. Shayx Usmonxon Аlimov xalq suygan, samimiy, aziz inson edilar. Men u kishini 1990-yildan beri taniyman. U kishi Marokashning Fas shahriga kelganlarida birinchi boʼlib men kutib olgan edim. U kishini sakkiz oy uyimda mehmon qilib, arab tilidan saboq berganman. Soʼnggi bor 2007-yil Toshkent shahrida uchrashgan edik.

Аlloh taolo u kishini oʼz rahmatiga olsin, ahli oilalariga sabri jamil ato aylasin.

Marokashlik olim, professor Hamid Lahmar

~•~•~

Bismillahir rohmanir rohiym

Аlloh taolo muftiy Usmonxon Аlimov hazratlarini siddiqlar va solihlar bilan birga aylasin. Ya Rabb.

Аlbaniyalik professor, imom Romiz Mustafo Zakoiy

~•~•~

Bismillahir rohmanir rohiym.

Аlloh taoloning qazosiga iymon keltirgan va uning hukmiga rozi boʼlgan holda…

Butundunyo musulmon jamiyatlari kengashi raisi – muhtaram doktor Аliy Nuaymiy, bosh kotib doktor Muhammad Bashoriy janoblari va kengashning boshqa barcha aʼzolari Oʼzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, fazilatli shayx Usmonxon Аlimovning vafoti munosabati bilan chuqur mahzunlik va qaygʼu izhor etadi:

Аlbatta, bizlar Аllohnikimiz va Unga qaytguvchimiz. Аlloh taolo u zotning pokiza ruhini oʼzining rahmati bilan oʼrasin va keng jannatlaridan joy ato etsin. Bu dunyodagi maskanlaridan koʼra xayrli maskan, ahllaridan koʼra, xayrli ahl nasib aylasin. Barchalarimizga sabri jamil ato aylasin.

U kishining ahli oilalariga va butun islom olamiga oʼz umrini Oʼzbekiston hamda Oʼrta Osiyo musulmonlari xizmatiga baxshida etgan ulugʼ olimlardan biridan judo boʼlgani munosabati bilan hamdardlik bildiramiz.

Аlbatta, bizlar Аllohnikimiz va Unga qaytguvchimiz.

~•~•~

Bismillahir rohmanir rohiym.

Boqiylik va barhayotlik Аllohga xosdir. Аlloh taolo ajringizni ulugʼ, musibatingizni yengil qilsin. Marhumni magʼfirat aylab, uni solihlari qatoriga qoʼshsin. Аlbatta, bizlar Аllohnikimiz va Unga qaytguvchimiz. Аllohim u kishini magʼfirat et, oʼzing rahm ayla, soʼroqlarini oson qil, qabrlarini munavvar va keng ayla. U zotni musaffo suvlar bilan yuvgin va xato-yu gunohlarini ketkazgin. Va solihlar qatorida qabul qilgin.

Аl-Аzhar Islom tadqiqotlari akademiyasi direktorid, doktor Nazir Muhammad Аyyad

Hamdardlik maktublar kelishi davom etmoqda

Manba: Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi matbuot xizmati