30.04.2024

Mir Arab o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi talabalari "BUXORO AMIRLIGI ZINDONI"ga sayohat qilishdi.

 

Bugun, 30-aprel kuni Mir Arab o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi 2-kurs talabalari Buxoro amirligi zindoniga sayohat qilishdi.
Buxoro amirining qamoqxonasi XVIII asr oxirida, mangʻitlar sulolasi davrida qurilgan, Buxoro amirligining eng yirik zindonlaridan biri bo'lgan. Buxoro inqilobi, monarxiya qulashi va Buxoro xalq sovet respublikasi tashkil topgandan keyin yopilgan. Hozirda u shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda bu yerda Buxoro huquq va qonunchilik tarixi muzeyi joylashgan.
Ta'lim muassasasi talabalari muzey faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi.