07.03.2024

“Eng faol kitobxon” talabalar taqdirlandi


Kitob oʻqigan, oʻzining ustida ishlagan odamda qanot boʻladi.
U befarq boʻlmaydi, uning kuchi bilimida boʻladi.”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev


Mir Arab oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi Axborot Resurs markazi xodimlari tomonidan siyrat fani ustozi Abdulazim Ziyouddin domlaning “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ahli bayt” kitobi asosida talabalarga musobaqa boʻlishligi 01-mart kuni eʼlon qilingan boʻlib, talabalarga bir hafta muddat berilgan edi.
Shu munosabat bilan bugun 07-mart kuni taʼlim muassasasi talabalari oʻrtasida ushbu kitob asosida savol- javob tarzida musobaqa boʻlib oʻtdi. Musobaqada taʼlim muassasasi oʻqituvchilaridan islom tarixi fani uqituvchisi A. Usmonov, aqoid fani oʻqituvchisi J. Xudoyqulov, hadis fani oʻqituvchisi A. Davlatovlar talabalarning savollarga bergan javoblarini baholab bordilar.
Natijaga koʻra:
1- oʻrin 404- guruh talabasi Qudratullayev Abdullo,
2- oʻrin 103- guruh talabasi Aslonov Akobir, 
3- oʻrin 201- guruh talabasi Rahmonov Abduxoliqlarga nasib etdi. 

Oʻrin olgan hamda ishtirok etgan talabalarga homiylar tomonidan estalik sovgʻalar hamda faxriy yorliqlar topshirildi.
Tadbir soʻngida aqoid fani oʻqituvchisi J. Xudoyqulov oʻshbu musobaqaga ishtirok etgan barcha talabalar juda ham faol qatnashganligi hamda kitob asosan yil nomlari boʻlganligi va oʻsha yillardan berilgan savollarda toʻliq va aniq javob berganliklarini eʼtirof etdilar, hattoki baholash paytida barcha ishtirokchilar aʼlo natija qayd etganliklari toʻgʻrisida gapirib oʻtdilar.


Toʻraxon MUZRABOV
Mir Arab OʻMITM xodimi