23.01.2024

BILIM YURTIDA YAKUNIY NAZORAT SINOVLARI BOSHLANDI...

Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2023-2024 o‘quv yili dars jarayoniga muvofiq 1-4 kurs talabalari uchun 2024 yil 22-yanvardan 3-fevral kunlariga qadar ikki hafta davomida yakuniy nazorat sinovlar muddati deb belgilangan bo‘lib, imtihon jarayonlari belgilangan tartibga ko‘ra, tasdiqlangan jadval asosida tashkil etildi.

 Nazorat ishlarini o‘tkazish, baholash va e’lon qilishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida imtihonlarni o‘tkazish jarayoni professor-o‘qituvchilar nazoratida o‘tkazilmoqda. Nazorat ishi belgilangan tartibda O‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan muhrlangan daftarlarga yozma shaklda olib boriladi. 

Javoblar yozilgan daftarlar professor-o‘qituvchilar tomonidan baholanadi va nazorat ish natijalari qisqa muddatda tegishli guruh jurnali va talabaning o‘zlashtirish daftarida aks etadi. 

Mir Arab O‘MIBY matbuot xizmati