MIR ARAB OLIY MADRASASI BINOSIDA OLIY MADRASA VA MIR ARAB O‘RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASI TALABALARIGA KITOBLAR YARMARKASI TASHKIL QILINDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish hamda 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish va bu tashabbuslardan biri “Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish” vazifasi ham belgilangan edi.
Shu munosabat bilan bugun Mir Arab oliy madrasasi hamda Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari talabalari va o‘qituvchilariga Oliy madrasa binosida “Al Buxoriy” nashriyot-matbaasi bilan hamkorlikda kitoblar savdo yarmarkasi tashkil qilindi.
Ushbu yarmarkada Mir Arab oliy madrasasi o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Uchqun Avliyaqulov tashrif buyurgan talabalarga kitob mutolaa qilish – inson ongini rivojlantirishi, dunyoqarashini, insonlar bilan muomala madaniyatini o‘rgatadigan muhim vosita ekanligini gapirib o‘tdi.
So‘ngra tashrif buyurgan Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari Ismatullo domla Xolnazarov ta’lim muassasasi talabalarini ushbu yarmarkaga taklif qilganlari uchun Mir Arab oliy madrasasi jamoasiga o‘z minnatdorchiligini bildirib, keltirilgan kitoblar to‘g‘risida bir qancha ma’lumotlar berib o‘tdi.
To‘raxon MUZRABOV
Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi ARM xodimi