11.01.2024

Poklik iymonning belgisi…

Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar,
Payg’ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo’lsin.
Islomda polikka alohida e’tibor qaratilgan. Ibodatlarning qabul bo’lishi ham albatta, moddiy va ma’naviy-ruhiy poklikka bevosita bog’liqdir. Poklik dinimizning asosiy arkonlaridan biri bo’lmish namozning kaliti va mo’minning eng asosiy sifatidir. Shuningdek, Alloh taolo poklikni xush ko’radi va badanlarini poklanishga chaqiradi. Poklik juda keng tushunchadir. Islom poklikning hamma turini jamlagan holda mo’min bandalarini shu sifat bilan xulqlanishhga chaqiradi. Dinimiz ulamolarining fiqh kitolarining aynan “Poklik kitobi”dan boshlanishi ham bejizga emas. Xalqimiz orasida “poklik” deganda asosan “tahorat” tushunilishi ham shundan bo’lsa kerak. 
“Poklik kitobi”ni fiqhiy manbalarda “Kitabut tahorat” deb nomlanib, unda suvlarning hukmi, tahorat, g’usl, hayz, nifos, istehoza, terilarni poklash, najosatlarni ketkazish, xullas, mutlaq polikka oid barcha masalalar atroflicha va aniq bayon qilinadi.
Shariatimizda poklik asosan ikki qismga bo’linadi:
1. Badanni tahoratli qilish. Bu tananing ayrim qismini(tahorat) yoki hammasini yuvish(g’usl) bilan amalga oshiriladi.
2. Libos, badan va makondagi najjosat – kir va nopok narsalarni ketkazish.

Mir Arab O'MIBY 101-guruh talabasi
Yunusov Ramazon tayyorladi.