09.01.2024

MIR ARAB O'RTA MAXSUS ISLOM TA'LIM MUASSASASI TALABALARI BUXORO VILOYAT KUTUBXONA-AXBOROT RESURS MARKAZIGA SAYOHAT QILISHDI..

Mir Arab o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi talabalari Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat markaziy axborot kutubxona markazida bo'lishdi.
Ekskursiya davomida talabalar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Kutubxonada joylashgan ilmiy, badiiy, iqtisodiy, siyosiy adabiyotlar, gazeta-jurnallar va boshqa adabiyotlar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek kutubxonada tashkil etilgan o'quv zallari, elektron kutubxona tizimi va undagi adabiyotlar jamlanmasi haqida ma'lumotga ega bo'lishdi.
Talabalarga kutubxona tizimiga a'zo bo'lishlari uchun ID kartalar taqdim etildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi.

Яқинларингизга улашинг:
📱 t.me/mirarabmadrasaofficial  
🌐 www.taplink.cc/mirarabmadrasa