Qishki ta’til oldidan talabalarga kerakli tavsiyalar berildi
Bugun talabalarga qishki ta’til oldidan kerakli tavsiyalarni berish, hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2023-yil 6-dekabrdagi 01A/157-sonli musulmonlar idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalarida talabalarning qishki ta’til muddatini belgilash hamda ta’til davrini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berish borasidagi buyrug‘ini yetkazish maqsadida bilim yurti barcha o‘qituvchi va talabalar uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Buyruqqa binoan boshqa o‘quv darohlaridagi kabi Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining 2023-2024 o‘quv yilidagi qishki ta’til davri 2023-yil 24-dekabrdan 2024-yil 7-yanvargacha, dars mashg‘ulotlarining boshlanishi 2024-yil 8-yanvar etib belgilandi.
Yig‘ilishda bilim yurti mudiri Jaloliddin domla Saburov O‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari Ismatullo domla Xolnazarov va Uslubiy bo‘lim boshlig‘i Shahzod domla Ramazonov, guruh rahbarlari, ustoz va talablar qatnashdi. Yig‘ilishda qishki ta’tilga ketish oldidan talabalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘llarda harakatlanish qoidalari, mobil telefonlari va boshqa xotira qurilmalarini ko‘rikdan o‘tkazish hamda noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullanmaslik bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Bilim yurti yotoqxona va sinfxonalar 2023-yil 24-dekabrdan 2024-yil 7-yanvargacha yopilgani, u yerda dizinfeksiya ishlari olib borilishi aytib o‘tildi.
Shuningdek, talabalarning ta’tildalik chog‘larida bilim yurti ustozlari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar, hamda ixtisoslik fanlari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv seminari o‘tkazilishi ham belgilab qo‘yildi.
Tadbir so‘ngida birinchi semestirda talabalar uchun belgilangan to‘garak mashg‘ulotlarini a’lo baholarda bajargan talabalar bilim yurti rahbariyati tomonidan taqdirlandilar. Talabalarning safarlari bexatar bo‘lishini tilab duoyi xayrlar qilindi.
Dilshod ALIYEV,
Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi matbuot kotibi