21.12.2023

Yangi kitoblar taqdimoti

 Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi ARM fondi doimiy ravishda yangi kitob va qo‘llanmalar bilan boyitilib kelinmoqda. ARM fondini boyitish odatda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan yuborilgan o‘quv qo‘llanma va kitoblar bilan, hamda homiylar tomonidan olib berilgan har xil turdagi adabiyotlar bilan bo‘ladi. Joriy 2023-2024 o‘quv yilning 21 dekabr kuni homiylar tomonidan ta’lim muassasasi Axborot resurs markazi fondiga 5 xil turdagi Mishkot al- masobih sharhi, Musulmon uchun zarur bilimlar, Hanafiy fiqhidan zarur masalalar, Durusun nahviya va Robbana taqobbal duo kitoblari hadya qilindi. O‘MI tomonidan 1 xil turdagi Hadis ilmi qoidalari kitobi ARM fondiga topshirildi. Yangi kitoblar ta’lim muassasasi ustozlari va talabalariga taqdim qilindi hamda ushbu kitoblar to‘g‘risida ARM xodimi Bekzod Qodirov tomonida ma’lumotlar berib o‘tildi. 

 

Bekzod QODIROV Axborot Resurs markazi xodimi