18.12.2023

18-dekabr – Xalqaro arab tili kuni

 ENG BOY TIL 1973-yil 18-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi arab tilini BMTning rasmiy va ishchi tili sifatida qabul qildi. 

Qaysi tilda sinonim – "ma’nodosh" so‘zlar ko‘p bo‘lsa, o‘sha til eng boy hisoblanadi. Dunyo tillari ichida arab tilida sinonim so‘zlar eng ko‘p uchraydi. Arab tili uch yarim milliondan ortiq so‘zlarga ega. 

Arab tili grammatikasi (nahv ilmi) asoschisi Ali roziyallohu anhu hisoblanadi. 

Sibavayh nahv ilmi otasi hisoblanadi.

 Arab tilida 28 ta harf bor bo‘lib, ular o‘ngdan chapga qarab yoziladi. * Arab tili 26 mamlakatning rasmiy tili hisoblanadi.