16.12.2023

Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi qori talabasi 30 pora Qur’oni Karimni bir kunda to‘liq yoddan o‘qib berdi

 

 ▫️Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi Islom qori Ilhomov 30 pora Qur’oni karimni bir kunda, bir o‘tirishda yoddan o‘qib berdi.

▫️Qur’oni karimni o‘qish jarayonini “Qur’oni karim” o‘qituvchilari A. Karimov, D. Ahmedov, M. Mirboboyev va Sh. Sherovlar ustoz hamda talabalar kuzatib bordilar. 

▫️Islom qoriga bilim yurti rahbariyati tomonidan tashakkurnoma, noutbuk va kitoblar sovg‘a tariqasida topshirildi. 

▫️Xatm yakunida bilim yurti mudiri J. Saburov Qur’oni karimni yod olishlik bilim yurtida an’anaga aylanayotgani ushbu tadbirning ahamiyati to‘g‘risida gapirib o‘tdilar. 

▫️2021-2023-yillar mobaynida madrasamizda 28 ta talaba Qur’oni karimni to‘liq yod oldi. 

Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi matbuot xizmati