02.12.2023

Mir Arab madrasasining 500-yilligiga bag‘ishlangan “Shon-sharafli Buxoroning islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” xalqaro ilmiy konferensiyasi tashkilotchilari va ishtirokchilariga muftiy Shayx Ravil Gaynutdin tabrigi.

Rus tilidan tarjima qilindi: 

Mir Arab madrasasining 500-yilligiga bag‘ishlangan “Shon-sharafli Buxoroning islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” xalqaro ilmiy konferensiyasi tashkilotchilari va ishtirokchilariga muftiy Shayx Ravil Gaynutdin tabrigi.

 Hurmatli Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari! Hurmatli dindoshlar! 

Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi va butun 25 millionlik Rossiya musulmonlari ummati nomidan Mir Arab madrasasini shonli – 500-yillik yubileyi bilan chin qalbimdan tabriklayman! O‘zim ham jonajon madrasamiz bitiruvchisi bo‘lganim uchun bu ulug‘ sanadan chin dildan quvonaman! Biz, zamonaviy Rossiyada islom diniga xizmat qilayotgan Miri Arab bitiruvchilarini “Buxoro muftiylari” deb atashadi. Bu esa Buxoroi sharifda tarbiyalanib, tahsil olgan, qadimiy islom an’analarini o‘rgangan musulmon kishilarning mavqeini yuqoriligini ta’kidlaydi. 

Buxoro va uning asosiy ta’lim dargohi – Mir Arab madrasasiga alohida hurmat asrlar ilgari shakllangan. Rossiyadagi musulmonlar hayotiga Buxoro va Xorazm madaniyati va ilmining ta’siri juda katta. U bir necha sohalarda aniqlanadi. 

Birinchidan, bu axloq - ma’naviyat va muommalot kabi soha - oila va jamiyatdagi boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlar etikasi. Bu yerda ilm va ma’naviy hikmat manbai Qur’oni Karim va Sunnat, shuningdek, buyuk so‘fiy shayxlari va ustozlari Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshbandiy va boshqa ko‘plab kishilarning merosi bo‘lgan va bo‘ladi. 

Ikkinchidan, bu aqliyat va diniy ilmlarni tushunish sohasidir. asrlar davomida Xorazm, Volga-Ural bo‘yi va Sibir o‘rtasidagi karvonlarda bilim oluvchilar ham savdogarlar bilan birga yurishgan. Ular bebaho narsalarni - kitoblarni, qo‘lyozmalarni, intellektual mulkni olib yurishgan. Asrlar davomida tatar imomlari ta’lim olgan Volga-Ural bo‘yidagi barcha yirik madrasalar Buxoro bitiruvchilari tomonidan tashkil etilgan. Shunday ekan, aytish mumkinki, xalqlarimiz ham shunday fikrda bo‘lgan, aqida, fiqh, kalom va boshqa islom ilm-fanining boshqa sohalariga ham xuddi shunday qaragan. 

Nihoyat, madaniyat sohasi ham Rossiya musulmonlari Buxoro va Xorazmning ulkan ta’sirini boshdan kechirgan sohadir. Bular adabiyot, me’morchilik, xattotlik, dekorativ-amaliy san’at va boshqa ko‘plab madaniyat ko‘rinishlaridir. Ular orqali inson o‘zining diniy tuyg‘usini, Alloh taologa bo‘lgan muhabbatini izhor etishga intiladi. Alloh tomonidan yaratilgan olamning go‘zalligi va uyg‘unligini tasavvur qilib ko‘ring. O‘rta Osiyo va uning san’ati Volga-Ural mintaqasidagi musulmonlar uchun estetik me’yor edi. 

Bir necha yil Mir Arab madrasasida tahsil olib, Buxoro masjidlarini, shayxlarimizni ziyorat qilib, bu muborak maskan shokirlarni ma’naviy-axloqiy, aqliy va estetik jihatdan tarbiyalashini o‘z ko‘zim ko‘rdim. Bu namozgohlardagi ezgulik islom haqiqatini, muqaddas dinimiz go‘zalligini chuqur anglagan holda ong va qalbimizga singib boradi. 

Siz aziz dindoshlarimiz bilan biz tarixning ko‘p davrlarini, jumladan, og‘ir sahifalarini bosib o‘tdik. Bir necha o‘n yillik vazminlik va ateistik ta’qiqlardan so‘ng bugun Buxoroning, butun O‘zbekistonning ma’naviy salohiyati qayta tiklanayotganini ko‘rib, qalbimiz cheksiz quvonchga to‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Janobi Oliylari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev homiyligida juda katta, muhim va zarur loyihalar amalga oshirilmoqda. Sevimli bilim mayoqimiz o‘zining yuksak yubileyini yuksalish, har tomonlama taraqqiy etish, davlatimiz homiyligida nishonlamoqda. 

Rossiyadagi barcha dindoshlarimiz nomidan Mir Arab madrasasini samimiy tabriklayman! Alloh taolodan so‘raymanki, qiyomatgacha bu ilm markazi Alloh yo‘lida chin dildan xizmat qilishni, Haqni anglab, odamlarga yetkazishni istagan yosh musulmonlarni o‘ziga jalb etishda davom etsin. Besh asrdan buyon madrasani asrab avaylab, gullab yashnashi uchun sidqidildan xizmat qilgan va xizmat qilib kelayotgan kishilarning xizmatlarini Alloh taolo qabul qilsin! 

Dilshod Aliyev,
Mir Arab o‘rta maxsus 
islom ta’lim muassasasi matbuot kotibi