01.12.2023

Uchinchi renessans – yoshlar nigohida

 Bismillahir Rohmanir Rohim!!! 

Assalomu aleykum va rohmatullohi va barokatuh. Bizning shu darajaga yetishimizga sababchi bo‘lgan buyuk allomalarimizga o‘z ilmini mukammal qilib bergan Alloh taaloga tuganmas hamdlar bo‘lsin. Suyukli payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollollohu alayhi vasallamga duru-du salovatlar bo‘lsin. Barchamizga ma’lumki butun dunyoga ilmni tarqalishiga sababchi bo‘lgan yirik olimu- fuzalolar mukammal din bo‘lgan islom nurida toblanishgan va barcha ilmiy manbalarni Alloh taaloning kalomi bo‘lmish “Qur’oni karim” va Allohning suyukli payg‘ambari Muhammad sollollohu alayhi vasallamning hadisi shariflarini o‘rganish orqali hosil qilishgan. Bu ilmiy meroslar esa, ulardan keyingi barcha ilmlarni rivojlanishiga asosiy dastak bo‘lgan. Albatta bu ilmlar doim ham bir tekisda ketmagan. Buning sababi omi xalqlarga dinni o‘rgatayotgan olimlarning va Allohning haq dinini boshqa o‘lkalarga yoyayotgan buyuk podshoh va qo‘mondonlarning doimo dushmanlari ko‘p bo‘lganligidandir. Bizning zaminimizda ham bu kabi olimlarga qarshi kuchlarning qabihliklari haddan ziyod ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun ham ilmning rivojlanishi bir ko‘tarilib, bir pasayib turgan. Butun dunyo tarixchilari o‘sha zamindagi yuksalishlarni ikkita “renessans” - uyg‘onish davrlariga bo‘lishadi. Birinchi renessans (ma’rifiy-renessans) IX-XII asrlani o‘z ichiga oladi. Bu davrda butun dunyoni larzaga keltirgan buyuk allomalar yashab ijod qilishgan. Ikkinchi renessans (Temuriylar renessansi) XIV-XV asrlarni o‘z ichiga oladigan buyuk temuriylar davri bo‘ldi. Shubhasiz bu ikki renessans o‘zbek xalqining haqiqiy kuch qudratiga yorqin misol bo‘la oladi. O‘sh vaqtlardagi buyuk allomlarimizning islom diniga qo‘shgan ulkan hissalari barokatidan Alloh taalo bizning jannatmakon yurtimizga o‘z barakasini yog‘dirib qo‘ygani shubhasiz. Bu ilohiy barokat sababidan bizning yurtimizda buyuk allomar juda ko‘p bo‘ldi. Lekin bundan 150 yil oldin bo‘lgan ko‘ngilsizliklar va zulmatli kunlarni barcha o‘zbek xalqi chuqur qayg‘u bilan eslaydi. Mustamlakachi hukumatning tazyiqlari-yu, o‘zimizning oramizdan chiqqan shoqollar o‘zbek xalqining bu ulug‘vorligini yo‘qotmoqlikka qattiq harak qildilar. Buni qisman uddaladilar ham. Ammo o‘zbek xalqi aslo yiqilgan emas. Xalqimizni o‘ylaydigan arslonlar doimo tug‘ulaveradi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori kabi allomalar Madaminbek, Shermuhammadbek kabi o‘limdan qo‘rqmaydigan qo‘rboshilar bu xalqning mustaqillik yo‘lidagi orzu umidlarini saqlab qoldilar. Albatta bu harakatlar o‘z mevasini berishi kerak edi, shunday bo‘ldi ham. Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Rohmatullohi alayhning say-harakatlari bilan bu vazifa bajarildi. Mana hozir mustaqil bo‘lgan, buyuk tarixga ega O‘zbekiston uchinchi renessans ostonasida turibdi. Kundan kunga oshib borayotgan ilm, rivojlanayotgan iqtisodiyot, isloh bo‘layotgan jamiyat, keng imkoniyatga ega yoshlar, shunga o‘xshash barcha-barcha islohotlar birin-ketin yuksak darajaga yetmoqda. Yurtimizdagi barcha o‘zgarishlar albatta bu yurtning shonli kelajagi uchun poydevor bo‘lmoqda. Bu kelajakni qurish esa albatta biz yoshlarning qay tartibda ilm olishimizga bog‘liq. O‘zbek o‘g‘lonlarining dunyo miqyosida erishayotgan barcha yutuqlari o‘zbek xalqini butun dunyoga tanitmoqda. Mamlaktimizning hozirgi yutuqlarini Yangi O‘zbekistonning “Yangitdan uyg‘onishi” deb baralla ayta olamiz. Bu islohotlar, bu tinch-totuvlik, yana bir renessansni uchqunlanishiga sabab bo‘ldi. Inshalloh bu uchqun alangalanib, bizning hududimizdan yana, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom al-Moturidiy, Bahouddin Naqshbandiy, Imom G‘azzoliy, Farobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, Beruniy, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Amir Temur, Bobur kabi o‘zbekning shonli arslonlari chiqishiga umid qilamiz. Albatta ularga munosib avlod bo‘lishlik bizning majburiyatmizidir. Bu ulug‘ maqsad va niyatlarni amalga oshishligini Alloh taalodan so‘rab duo qilamiz. Bizni islom diyorida yaratgan yagona zot Alloh taaloga tuganmas hamd-u sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimiz Muhammad sollolllohu alyhi va sallamga cheksiz salovatlar bo‘lsin. أللهما صل على سيدنا محمد و على آاله و صحبه و سلم. برحمتك يا أرحم الراحمين 

 Isroilov Abdurauf,

 Mir Arab o‘rta maxsus islom 

ta’lim muassasasi 102-guruh talabasi