16.11.2023

16-noyabr "Xalqaro diniy bag'rikenglik" kuni

Mir Arab o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida 16-noyabr "Xalqaro diniy bag'rikenglik" kuni munosabati bilan "Diniy bag'rikenglik-tinchlik va taraqqiyot garovi" mavzusi ostida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda ta'lim muassasasi ustoz-mudarris va talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda mehmon sifatida Buxoro viloyatidagi  "Hoji Bahrom" nomli shialar masjidi imom-xatibi Rustam Rahimov taklif etildi.
Tadbirda diniy bag'rikenglik, yurtimizda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarida bag'rikenglikning huquqiy asoslari  to'g'risida fikr bildirildi. O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinayotgani ta'kidlandi.

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi.