Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida kitoblar savdo yarmarkasi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yil 19 mart kuni yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish hamda 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish va bu tashabbuslardan biri “Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish” vazifasi ham belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun 13 noyabr kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom talim muassasasi ARM mudiri Adiz Usmonov hamda ARM xodimi Bekzod Qodirovlar tomonidan “Al Buxoriy” nashriyot- matbaasi bilan hamkorlikda kitoblar savdo yarmarkasi tashkil qilindi. Ushbu yarmarkada ustozlar va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ta’lim muassasasi mudiri Jaloliddin domla Saburov talabalarga kitobga bo‘lgan muhabbatni yanada oshirish hamda ko‘proq kitob mutolaa qilishlik va yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligini gapirib o‘tdilar.
So‘ngra ta’lim muassasasining yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Asadullo domla Najmiddinov ushbu yarmarkada kelgan kitoblardan jadid adabiyoti namoyondalarining hayotlari to‘g‘risida talabalarga kerakli ma’lumotlarni gapirib berdilar.
Tadbir oxirida ta’lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari Ismatillo domla Xolnazarov talabalarga darslarda faol ishtirok etishlari hamda ko‘proq badiiy va ilmiy ommabop kitoblarni doimiy o‘qishlik lozimligini tushuntirib o‘tdilar hamda nashriyot direktori Azimjon G‘iyosovga va “Al Buxoriy” nashriyot- matbaasi jamoasiga Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
To‘raxon MUZRABOV
Mir Arab o‘rta maxsus islom
ta’lim muassasasi xodimi