23.10.2023

Xushxabar

Mir Аrab madrasasi besh asrdirki, islom dini tamadduni uchun xizmat qilib kelmoqda. Mir Аrab madrasasiga qanchadan qancha olimu-amirlar mudarrislik qilganlar. Bu besh yuz yil davomida qanchadan-qancha zamonasining olimu-qorilari yetishib chiqqan. 
Oxirgi yillarda islom diniga berilgan eʼtibor oʼz samarasini koʼrsatmoqda Bizning qadim madrasamizda ham oʼz ananasiga sodiq qolgan holatda xatmi kutublar Qurʼoni karimni toʼliq yodlash odati davom etmoqda. 2021-2023 yillar mobaynida madrasamizda 24 ta talaba Qurʼoni karimni toʼliq yodladi. Kuni kecha 2 bosqich talabasi Sayidxonov Xalilulloh esa Qurʼonni toʼliq yodlab chiqqan 25-talaba boʼldi. Talabamiz tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandi, hamda Xalilullohni tarbiya qilib oʼstirgan ota onasiga tashakkurnoma berildi.
Аlloh taolodan talabalarimizga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Mir Аrab oʼrta maxsus islom taʼlim muassasasi matbuot xizmati