20.08.2023

Jaholatni yengishning birdan bir manbayi- ilm .

Alloh taologa hamd-u sanolar, payg'ambarimiz Muhammad mustafoga, sahobayi kiromlariga, ahli-oilalariga salovot-u salomlar bo'lsin.  
Inson hayoti davomida ayrim muammoli vaziyatlarga tushib qoladi. Kimdir jahl ustida xotinini taloq qilgan, endi nima qilishga boshi qotgan, kimdir xotini va onasi orasida hayron. Kimningdir ishxonasida, kimdir ro'zg'or tashvishlariga duch kelgan va hokazo.
Inson shunday hollarda ilm olish naqadar muhim ekaniga yana bir karra amin bo'ladi. Ilmsiz amalning qiymati yo'q. Ko'pincha ilmsiz holda qilingan amal sabab  muammolar yana-da jiddiylashadi, shuning uchun ham islom hamma musulmonlarga ilm olishni shart qildi. Insonning ilm olish vaqti o'lgunicha davom etishi kerak. Rosululloh sollollohu alayhi vasallam: " Ilm-  bu jannat yo'li",-  deb xabar berganlar,chunki ilm amalning asosi ya'ni ilm olish kishini ezgu amallar qilishga undaydi. 
عن أبي الدرداء - رضيَ الله عنه -  أنّ رسول الله - صلّى الله عليه وسلّم- قال: (من سلك طريقًا يطلبُ فيه علمًا، سلك اللهُ به طريقًا من طرقِ الجنةِ، وإنَّ الملائكةَ لتضعُ أجنحتَها رضًا لطالبِ العِلمِ، وإنَّ العالِمَ ليستغفرُ له من في السماواتِ ومن في الأرضِ، والحيتانُ في جوفِ الماءِ، وإنَّ فضلَ العالمِ على العابدِ كفضلِ القمرِ ليلةَ البدرِ على سائرِ الكواكبِ، وإنَّ العلماءَ ورثةُ الأنبياءِ، وإنَّ الأنبياءَ لم يُورِّثُوا دينارًا ولا درهمًا، ورَّثُوا العِلمَ فمن أخذَه أخذ بحظٍّ وافر)

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda:" Rosululloh sollollohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimki ilm yo'lini tutsa, Alloh taolo unga jannat yo'lini tutqazadi. Farishtalar qanotlarini ilm istovchi kishining roziligi uchun to'shaydi. Olim uchun osmonlar-u yerdagi jonzotlar va dengiz qaridagi baliqlar istig'for aytadilar. Olimning obiddan afzalligi xuddi to'lin oyning yulduzlardan (yorug'ligi jihatdan) afzalligiga o'xshaydi. Ulamolar nabiylarning merosxo'rlaridir. Nabiylar dinor-u dirhammas, ilmni meros qoldirganlar. Kimki ilm olsa, (haqiqiy) nasibani  to'liq olgan bo'ladi"".
Demak, ilm jannat yo'li ekan, jaholatning, muammolarning yechimi ekan, nima uchun ilm olmasligimiz kerak?! 
Ilm olishimiz ilmlarimizni hayotga tatbiq etishimiz hamda ilmga amal qilishimiz kerak. Alloh taolo barchamizni ilm yo'liga, jannat yo'liga boshlasin. Omin!  

Namoz Ismoilov,
Mir Arab o'rta maxsus
islom ta'lim muassasasi mudarrisi