11.03.2023

QALB POKLIGI

Inson onadan tug‘ilganda qalbi pok holatda tug‘iladi, ya'ni, tug‘iladigan barcha inson fitratda tug‘iladi. Bu haqida hadisi sharifda shunday deyilgan:
عن أبي هريرة رضي الله عنه قال:قال رسول الله صلى الله عليه وسلم ما مِن مولودٍ إلاّ يولدُ على الفطرةِ فأبواهُ يهوِّدانه أو ينصرانه أو يمجِّسانه...
Abu Hurayra (r.a) dan rivoyat qilininadi:
Rosululloh (s.a.v) dedilar: "Har bir tug‘iladigan (go'dak) islom fitratida tug‘iladi. Bas, uni ota- onasi yahudiy qiladi, nasroniy qiladi, majusiy qiladi...

Balog‘at yoshiga kirganda unga shariat ahkomlarini bajarishi farz bo‘lib qoladi. Agar unga amal qilsa, qalbi pok holatda ketaveradi, mabodo amal qilmasa, har bir qilmagan ishi uchun qalbiga bitta dog‘ tushadi. Shunda bardavom bo‘lsa, qalbi qorayib, qotib qoladi. Unday insonni shariat buyurgan ishlarga da'vat qilsangiz:
"Namoz o'qimasam ham, avratimni berkitmasam ham, shariatga amal qilmasam ham, qalbim toza",-  deya javob beradi va unday kishilar gunoh qilsa, burniga pashsha qo'nganchalik ham ta'sir qilmay qoladi. Bu achinarli holat, albatta, bu haqida muqaddas kitobimiz Qur'oni karimda shunday marhamat qilingan: 
"أُولائك الذّين طبع اللهُ على قلوبهم و سمعهم و أبصارهم و أُولائك هُمُ الغافلون" 
("Nahl" surasi ,108 oyat)
Ya'ni: "Ana o‘shalarning qalblari quloqlari va ko‘zlariga Alloh muhr bosgandir, ana o‘shalar g‘ofillardir".

Hayotimizda juda ko'p uchrab turadigan holatlardan biri - bu namoz ichida xayolimizga buzuq ishlar, yomon firklar kelishi. Shu darajadaki, uni jahriy aytsangiz, kufr keltirib qo‘yishingiz mumkin, bu holat ko‘p kishilarda uchraydi. 
Sababi shayton insonni to‘gri  yo‘ldan adashtirish uchun hech narsadan tap tortmaydi . Bu tog'risida Paygambarimiz (s.a.v)ga arz qilishganda shu zot: "Ana shu ayni iymondir",- deb javob berdilar. 
Bundan xulosa shuki, inson shariat buyurgan ishlarga amal qilishda bardavom bo'lsa, Alloh buyurgan ishlarni bajarishda bardavom bo'lsa, bu shaytonga yoqmaydi va xayollarimizga har xil buzuq xayollarni olib keladi. Chunki shayton insonga ochiq oydin dushmandir. U insonlarni o‘zi bilan birga do‘zaxga kiritish uchun harakat qilishga urinadi. Bu haqida dinimizning muqaddas kitobi bo‘lmish Qur'oni karimda shunday marhamat qilinadi:
يا أيها الذين آمنوا أدخلوا فى السّلم كآفّةً و لا تَتَّبعُوا خطوات الشّيطن إنّه لكم عدوٌّ مُبينٌ 
"Ey iymon keltirganlar,Islomga to'lig'icha kiring. Va Shaytonni izidan ergashmang, albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir".
("Baqara" surasi, 208-oyat)

Biz Qur'onda kelgan har bir :
يا أيها الذين آمنوا 
jumlasiga e'tibor berishimiz kerak. Chunki bu jumla bilan boshlandan har bir oyatda iymon keltirgan kishilarga buyruq bordir.
Alloh taolo bilganlarimizga amal qilishimizni nasib aylasin.

Firdavs Ismoilov,

Mir Arab o'rta maxsus islom bilim yurti talabasi