09.03.2023

Jaholatga qarshi ma’rifat” intellektual bellashuvining bilim yurti bosqichi bo’lib o’tdi.

Mir Arab o’rta maxsus islom bilim yurtida joriy yilning 9-mart kuni O’zbekiston Musulmonlari idorasining 2023-yil 24-fevraldagi 01A/30-sonli Buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” intellektual bellashuvining bilim yurti bosqichi bo’lib o’tdi. Unda bilim yurti talabalari orasidan saralab olingan 3 ta jamoa 4 ta shart bo’yicha bellashdi.
 1-shart “Tanishtiruv” sharti. 2-shart  “Savol-javob” sharti. 3-shart “Ijodiy yondashuv” sharti.  4-shart “Sarhisob” sharti.
   “Tanishtiruv” shartida ishtirokchilar guruhlari nomidan tayyorlangan logotip va shiorlariga ta’rif berishdi. 2-shartda har bir guruhga ikkitadan savol berildi. “Ijodiy yondashuv” shartida har bir guruh milliy urf-odat va an’analarga sodiqlik tushunchasi, yot g’oyalar ta’siriga tushib qolishning zarali oqibatlari mavzulariga bag’ishlangan sahna ko’rinishlarini namoyish etishdi. 4-shart sarhisob shartida talabalarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi baholanib, ular tomonidan taqdim etilgan videorolik, maqola va ijodiy ishlari baholandi. 
    Bellashuvning yakuniy natijalariga ko’ra “Mafkuramiz posbonlari” jamoasi 86 ball bilan 1-o’rin, “Buxoriy avlodlari” jamoasi 80 ball bilan 2-o’rin, “Muniyrul islom” jamoasi 78 ball bilan 3- o’rinni egalladi. Natijalarga ko’ra “Mafkuramiz pobonlari” jamoasi bellashuvning respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Barcha ishtirokchilar bilim yurti ma’muriyati tomonidan tashkil qilingan esdalik sovg’alari bilan mukofotlantirildi.
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi.