15.11.2022

“Ilmni kimdan olayotganingizga etibor bering!”

Muqaddas dinimiz har bir insonga ilm olishlikni farz qilgan. Kishi yaxshi va yomonni, halol va haromni, savob va gunohni bilishi uchun ham ilm olishi zarurdir. Xususan, buyuk Robbimiz Quroni Karimda nozil qilgan ilk oyat ham “oqi” degan muborak soz bilan boshlangan. 
Har bir inson ilm olishga, diniy manbalardan xabardor bolishga ilmiy saviyasini orttirishga harakat qiladi. Bugungi davr globallashuv davri, yani har qanday inson har qanday malumotni bemalol erkin, ochiq-oydin tarqata oladigan davrdir. Xususan, internet saytlari, ommaviy axborot vositalari yoki malumot tarqatishga moslashtirilgan har qanday vositalar yaxshi malumotni ham, yomon malumotni ham birdek tarqatishga qodir.
Ana shunday rivojlangan davrda ilmni xalq orasida taniqli bolgan, shuhrat qozongan ulamolardan yoki diyorimizda faoliyat yuritib kelayotgan ustozlardan talim olishga harakat qilishimiz kerak. Chunki, har xil odamlarning bilib-bilmas gaplari, chala-chulpa “fatvo”lari xalq orasida tarqab kongilni xira qiluvchi holatlarga sabab bolmoqda.
Zero, hadisi sharifda Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey ibn Umar! Dining diningdir. U seni go'sht-u qoningdir. Uni kimdan olayotganingga qara! Uni to'g'ri yo'ldagilardan ol, egri yo'ldagilardan emas!"
Ushbu hadisda ibni Umarga qarata Paygambarimiz butun ummatga xitob qildilar.
Ali ibn Abu Tolib aytadilar: “Ilmni kimdan olayotganingizga qaranglar chunki, u diningizdir!”
Bugungi kunda yoshlarimiz talim-tarbiyasiga etibor berish, ularni buzuq aqidalarga, yolgon fitnalarga qoshilib qolmasliklari uchun harakat qilishimiz zarur. Zera yurtimizda haqiqiy ilm sohiblari, ulamolar, din peshvolari va haqiqiy, sof islom muhiti mavjuddir. Bu yurt, bu vatan, bu din bizga dunyoni tebratgan ulamolardan, din rivojiga hissa qoshgan Buxoriy-u Termiziylardan meros qolgan.

Alloh taolo barchalarimizni O`zining hidoyatida poydori mustaqim aylasin!
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Mir arab o`rta maxsus islom bilim yurti 
oqituvchisi A.Mustafoyev ma`lumotlar 
asosida tayyorladi