Oʼqituvchi va murabbiylarga muftiy hazratning bayram tabrigi!
Аssalomu alaykum, hurmatli diniy taʼlim muassasalari rahbarlari, fidoiy mudarrislar hamda jonkuyar murabbiylar!
Har bir insonning komil shaxs boʼlib voyaga yetishida, yetuk kasb egasi boʼlib jamiyatda oʼz oʼrnini topishida ustoz-murabbiylarning oʼrni juda ham muhimdir.
Fidoyi, zahmatkash ustozlar oʼz shogirdlariga bilim berish barobarida ular qalbiga insonga xos eng goʼzal ezgu xislatlarni, mehr-oqibat va odamiylik tuygʼularini singdirib boradi.
Mamlakatimizda “1 oktabr – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” deb eʼlon qilingani Mustaqil Oʼzbekistonimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qoʼshayotgan ming-minglab oʼqituvchilar, ustoz va murabbiylar mehnatining yuksak eʼtirofi, ularga bildirilgan hurmat va eʼtibor namunasidir.”
Ustozlik oliy rutba, yuqori maqomga ega. Unga erishish uchun erinmay mehnat qilish va ter toʼkib ishlashga toʼgʼri keladi. Bemisl mehnat, tinimsiz izlanish, bilim javohirlarini yigʼib, uni shogirdlariga ulashish ustozlik obroʼsini ulugʼ qiladi. Haqiqatan ham, insonni inson qilib kamol toptirishda, unga bilim va odamiylik, mehr-oqibat ezgu orzu-niyatlar bilan yashash tuygʼularini singdirishda, bir soʼz bilan aytganda, jamiyatimizning munosib fuqarosi boʼlib hayotga qadam qoʼyishi va mustahkam oʼrin olishida oʼqituvchi va murabbiylar, barcha taʼlim sohasi fidoyilarining hissasi beqiyosdir.
Zero, Аlloh ilm qadrini baland qildi va uning orqasidan ilm ato etilgan insonlarning ham qadrini yuksak qilib qoʼydi. “Sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan kimsalarni Аlloh baland darajalarga koʼtarur”, dedi” (Mujodala surasi, 11-oyat).
Diniy taʼlim muassasalarida ham koʼp sonli yoshlarni oʼz farzandlaridek sevadigan yuzlab fidoyi oʼqituvchi va murabbiylar mehnat qilishmokda. Ularning mehnatini igna bilan quduq qazishga oʼxshatish mumkin.
Diniy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan barcha oʼqituvchi va murabbiylarni umumxalq bayrami sifatida nishonlanayotgan shodiyonalari bilan chin yurakdan tabriklayman, ularga sihat-salomatlik, uzoq-umr, sharafli va mashaqqatli faoliyatlarida kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilayman!
Аziz ustozlar! Hamisha elda aziz, yurtga fidoiylar qatorida boʼling! Masʼuliyatli faoliyatlaringizda Mehribon Аlloh taolodan Sizga kuch-gayrat, matonat soʼrab qolaman.
Kamoli ehtirom ila Oʼzbekiston musulmonlari idorasi
raisi, muftiy Nuriddin domla XoliqnazarovOʼqituvchi va murabbiylarga muftiy hazratning bayram tabrigi!
Аssalomu alaykum, hurmatli diniy taʼlim muassasalari rahbarlari, fidoiy mudarrislar hamda jonkuyar murabbiylar!
Har bir insonning komil shaxs boʼlib voyaga yetishida, yetuk kasb egasi boʼlib jamiyatda oʼz oʼrnini topishida ustoz-murabbiylarning oʼrni juda ham muhimdir.
Fidoyi, zahmatkash ustozlar oʼz shogirdlariga bilim berish barobarida ular qalbiga insonga xos eng goʼzal ezgu xislatlarni, mehr-oqibat va odamiylik tuygʼularini singdirib boradi.
Mamlakatimizda “1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” deb eʼlon qilingani Mustaqil Oʼzbekistonimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qoʼshayotgan ming-minglab oʼqituvchilar, ustoz va murabbiylar mehnatining yuksak eʼtirofi, ularga bildirilgan hurmat va eʼtibor namunasidir.”
Ustozlik oliy rutba, yuqori maqomga ega. Unga erishish uchun erinmay mehnat qilish va ter toʼkib ishlashga toʼgʼri keladi. Bemisl mehnat, tinimsiz izlanish, bilim javohirlarini yigʼib, uni shogirdlariga ulashish ustozlik obroʼsini ulugʼ qiladi. Haqiqatan ham, insonni inson qilib kamol toptirishda, unga bilim va odamiylik, mehr-oqibat ezgu orzu-niyatlar bilan yashash tuygʼularini singdirishda, bir soʼz bilan aytganda, jamiyatimizning munosib fuqarosi boʼlib hayotga qadam qoʼyishi va mustahkam oʼrin olishida oʼqituvchi va murabbiylar, barcha taʼlim sohasi fidoyilarining hissasi beqiyosdir.
Zero, Аlloh ilm qadrini baland qildi va uning orqasidan ilm ato etilgan insonlarning ham qadrini yuksak qilib qoʼydi. “Sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan kimsalarni Аlloh baland darajalarga koʼtarur”, dedi” (Mujodala surasi, 11-oyat).
Diniy taʼlim muassasalarida ham koʼp sonli yoshlarni oʼz farzandlaridek sevadigan yuzlab fidoyi oʼqituvchi va murabbiylar mehnat qilishmokda. Ularning mehnatini igna bilan quduq qazishga oʼxshatish mumkin.
Diniy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan barcha oʼqituvchi va murabbiylarni umumxalq bayrami sifatida nishonlanayotgan shodiyonalari bilan chin yurakdan tabriklayman, ularga sihat-salomatlik, uzoq-umr, sharafli va mashaqqatli faoliyatlarida kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilayman!
Аziz ustozlar! Hamisha elda aziz, yurtga fidoiylar qatorida boʼling! Masʼuliyatli faoliyatlaringizda Mehribon Аlloh taolodan Sizga kuch-gayrat, matonat soʼrab qolaman.
Kamoli ehtirom ila Oʼzbekiston musulmonlari idorasi
raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov