16.12.2021

Fiqh ilmi bilimdonlari

Joriy yilning 15.12.2021 yil Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurtida "Fiqh ilmi bilimdonlari" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.  
Musobaqa Buxoro viloyat bosh imom xatibi Jobir Elov hamda bilim yurti ustozlari tomonidan kuzatib, baholab borildi.
Mudarris Rahmatov Baxodir boshchiligida tashkillashtirilgan musobaqaga homiylar tomonidan qiymati o‘ttiz besh million so‘mlik kitoblar musobaqa g‘oliblariga taqdim etildi.
1- O‘rin sohiblari bo‘lgan "Abu Xafs Kabir Buxoriy" jamoasining har biri 8 tomlik Hidoya asarining arabcha matni topshirildi,
2- O‘rin sohiblari bo‘lgan "Ubaydullox ibn Mas'ud" jamoasining xar bir azosiga 5 dona "Jome rumuz" kitobi sovg‘a qilindi.
Keyingi o‘rinni olgan "Burxoniddin Marg‘inoniy" va "Imom Muxammad" jamoalari azolarigaga esa "Fatxul bobi inoya" va "Lubob" kitoblari tuhfa qilindi. Bundan tashqari tomoshabinlarga xam ko‘plab savollar berilib to‘g‘ri javob bergan talabalar va tomoshabinlarga jami 50 dona "Nodir fatvolar" 50 dona "Imom Azam"  10 dona Kifoya kitobi 1,2,3 qism jamlanmasi va 10 dona o‘zbekcha matnli Xidoya kitobining 1,2,3 qismli jamlanmalari sovg‘a qilindi.