18.11.2021
Bag‘rikenglik haftaligi davom etmoqda
16-noyabr "Xalqaro bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan tashkil etilgan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida bugun Buxoro viloyat hokimligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyati vakilligida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda “Mir Arab” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri Jaloliddin Saburov hamda ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari Asadullo Najmiddinovlar qatnashib, turli din va millatlarga mansub kam taminlangan oilalar holidan xabar olindi.
Unda turli diniy soha vakillari hamda viloyatdagi milliy madaniy markazlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurti matbuot xizmati