15.11.2021

Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurtida 16 noyabr - Xalqaro diniy bag‘rikenglik kuni munosabati bilan “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik - taraqqiyot va barqarorlikning muhim omili” mavzusida tadbir o‘tkazildi

2021 yil 16 noyabr kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurtida «Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik - taraqqiyot va barqarorlikning muhim omili» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Mir Arab Oliy madrasasi rektori H.Yuldashxodjaev taklif etildilar. 
Tadbirni bilim yurti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari A. Najmiddinov ochib avvalgi so‘zni bilim yurti mudiri J.Saburovga berdi. 
Bilim yurti mudiri J.Saburov bugungi kunda mamlakatimiz ko‘p millatli diyor, Vatanimizning tinch-totuvligi, xavfsizligi, kelajak taraqqiyoti va farovonligi turli millatga mansub fuqorolarimizning ma’naviy yuksalish darajasiga hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro totuvlik va hamjihatlikka ko‘p jihatdan bog‘liqligi haqida gapirdi. Mamlakatimizda boshqa din va millat vakillarining erkinlik va huquqlariga xilof ish qilinmaydi. Islom dinida ham bunga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.
Tadbirda Mir Arab Oliy madrasasi rektori H.Yuldashxodjaev ma’ruza qilib,  “16 noyabr – Xalqaro diniy bag‘rikenglik kuni”, uning dunyo hamjamiyati va mamlakatimiz uchun ahamiyati, bag‘rikenglikni ta’minlash tinchlik hamda birdamlilikning garovi ekanligi to‘g‘risida mulohazalar bildirdi. Ayniqsa, Alloh Taoloning kalomi va Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. ning hadisi shariflaridan misollar keltirib sharhlab berdilar.
Tadbir yakunida davlatimiz tinchligi, rivoji va xalqimiz farovonligini tilab duoi xayr qilindi.


Ma’naviyat va ma’rifat ishlari
bo‘yicha mudir muovini A. Najmiddinov