“Rossiya va O‘zbekiston musulmonlari manfaati uchun hamkorligimiz yanada rivojlanishiga chin dildan umid qilamiz”
Muftiy-Shayx Ravil Gaynutdin 2021 yil 19 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashida saylangan Diniy idora raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarovga tabrik yo‘lladi. Unda jumladan shunday deyiladi:
– Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi, Rossiya muftiylari Kengashi va o‘z nomimdan Sizni yuksak lavozimga tayinlaganingiz bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Alloh taolodan Sizga sihat-salomatlik va uzoq umr ato etishini so‘rayman.
Musulmon xalqlari yaqinligining boy tarixiga asoslangan ikki tomonlama Rossiya – O‘zbekiston munosabatlarining ko‘p qirraliligini yuqori baholaymiz. O‘zbekiston va Rossiya musulmonlari ko‘p asrlik qardoshlik va birodarlik tarixiy aloqalariga egadir. Bunga muborak Islom dini asosi bo‘lgan tinchlik va yaratuvchilik g‘oyalari zamin bo‘lmoqda.
Sizga kelgusi ishlaringizda Alloh taolodan mustahkam sog‘liq, ma’naviy va jismoniy kuch-quvvat ato etishini so‘raymiz. Rossiya va O‘zbekiston, qolaversa, butun dunyo musulmonlari manfaati uchun musulmon idoralarning yanada samarali hamkorligi rivojlanishiga chin dildan umid qilamiz.
Sizga va yaqinlaringizga baxt va farovonlik tilaymiz. Omin!
Hurmat va ezgu duolar ila,
Muftiy-Shayx Ravil Gaynutdin
Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi raisi
Rossiya muftiylar kengashi raisi
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi
Diniy birlashmalar bilan aloqalar Kengashi a’zosi