30.09.2021

Ustoz bebaho ne’mat

 

Ustoz – muallimsiz  qolganda  zamon,
Nodonlikdan   qaro  bo‘lardi  zamon.
Abduraxmon  Jomiy

Bilamizki har bir buyuk insonlarning ortida buyuk buyuk ustozlarning mehnatlari yotadi. Islom dini ilmga juda katta rag‘bat ko‘rsatgan, ilm o‘rganish uni boshqalarga o‘rgatish, olimlarni ehtirom qilish va ularga muhabbatli bo‘lish. 
Aytishadiku: “olimlar payg‘ambar alayhimussalomlarning merosxo‘rlaridir” deya. Chunki, payg‘ambarlar ularning barchalari ustoz bo‘lishgan o‘z ummatlariga ta’lim tarbiya berishgan.
Ilm insoniyat uchun ruhiy ozuqadir. Alloh kalomida ilm ato etilgan kishilarning darajasini aytib shunday marhammat qilgan:

يَرْفَعِ اللَّهُ الَّذِينَ آَمَنُوا مِنْكُمْ وَالَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ دَرَجَاتٍ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ  (سورة المجادلة/11).
“….Alloh Sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja (martaba) larga ko‘tarur”. (Mujodala surasi, 11-oyat).

Albatta ilmu ma’rifat nurini tarqatish ulkan bir vazifa bo‘lib, olimni, ilmga kabarbasta kishilarni darajotlarni balandligi va ularga borliqdagi jonzotlarning duo qilib turishi ilm ahlining hurmatli kishilar ekanligidan dalildir. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining hadisi muboraklarida marhamat qilib aytadilar:

إِنَّ اللَّهَ وَمَلَائِكَتَهُ وَأَهْلَ السَّمَوَاتِ وَالْأَرَضِينَ حَتَّى النَّمْلَةَ فِي جُحْرِهَا وَحَتَّى الْحُوتَ لَيُصَلُّونَ عَلَى مُعَلِّمِ النَّاسِ الْخَيْرَ (رواه الامام الترمذى عن أبى أمامة رضي الله عنه)
“Albatta, Alloh taolo, Uning farishtalari, osmonlaru yer ahli, hatto kovagidagi chumoli va xattoki baliqgacha odamlarga yaxshilikni  ta’lim beruvchiga salovot aytadilar” (Imom Termiziy rivoyati).

Ilm ahllari insonlarni yaxshilikka boshlovchi va ularga yaxshilikni urgatuvchi bo‘ladilar. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o‘zlarining hadislarida: 
إِنَّ اللَّهَ لَمْ يَبْعَثْنِي مُعَنِّتًا وَلَا مُتَعَنِّتًا وَلَكِنْ بَعَثَنِي مُعَلِّمًا مُيَسِّرًا (رواه الامام مسلم عن عائشة رضي الله عنها)
“Albatta, Alloh taolo meni odamlarni qiyinchilikka soladigan, ularning adashishini xohlovchi qilib emas, balki muallim va oson qiluvchi qilib yubordi” (Imom Muslim rivoyatlari).
Jamiyatdagi bo‘shliqlarni to‘ldiruvchi va ilm rivoji uchun mehnatda kamarbasta bo‘lgan ustoz murabbiylarimizning barcha-barchalarini chin yurakdan “ustoz va murabbiylar” kuni bilan tabriklaymiz.

Dilshod Aliev,
Mir Arab o‘rta maxsus islom 
bilim yurti matbuot kotibi