21.09.2021
Diniy ta’lim muassasalari muallimlari va talabalarining moddiy ta’minoti oshiriladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Oliy hay’atining maxsus Qarori bilan Oliy va O‘rta maxsus islom bilim yurtlari muallimlari oylik maoshlari va stipendiyalari
20 sentyabrdan boshlab qariyb ikki barobar oshiriladigan bo‘ldi.
Hay’at, shuningdek pandemiya sharoitida murakkab moliyaviy vaziyatga tushib qolgan masjidlar xodimlariga ham moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida tegishli qaror chiqardi.
Darhaqiqat, ahli ilmga ko‘mak tabarruk dinimiz ahkomlaridan biri va olijanob xalqimizning azaliy odatidir.
Manba:O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati