13.09.2021

Toshkent islom instituti oʼqituvchisi, Islom sivilizatsiya markazi ilmiy hodimi Аbror Muxtor Аliy tashrifi

Toshkent islom instituti oʼqituvchisi, Islom sivilizatsiya markazi ilmiy hodimi Аbror Muxtor Аliy, bilim yurtining talabalari hamda muddarrislari. Jami 190 nafar.

 

 

10 sentyabrь 2021 yil Mir Аrab oʼrta maxsus islom bilim yurtida “Oʼzbekiston musulmonlari idorasining yoshlar bilan amalga oshiriladigan diniy-maʼrifiy, axborot va tashkiliy ishlar tadbirlar rejasi"ga muvofiq tadbir oʼtkazildi. Tadbir "Zamonaviy fiqh – hozirgi davr masalalariga nazar, ixtilov va yechimlar" mavzusida boʼlib oʼtdi. Tadbirda bilim yurtining barcha mudarris- oʼqituvchi va talabalari ishtirok etishdi. 
Tadbirdan koʼzlangan maqsad talabalarga hozirgi yot gʼoyalar va ularga qarshi kurash uchun nimalarga ahamiyat berish, qanday manbaalardan foydalanish haqida boʼlib oʼtdi. Suhbat davomida Moturidiylik taʼlimotining naqliy dalillar asosida sof islomiy eʼtiqodni yoritib bergani, hozirgi diniy xodimlar ham shu sof taʼlimotni mukammal oʼrganishi toʼgʼrisida koʼrsatmalar berildi. Talabalarni ilmga, sof islomiy taʼlimotga qiziqtirish hamda turli yot gʼoyalarga qarshi kurashishlari uchun hali oʼrganilmagan boy ilmiy meroslarni oʼqib oʼrganishga targʼib etildi. Tadbir davomida talabalar oʼzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Tadbir qisqa boʼlishiga qaramay barcha uchun mazmunli va foydali boʼldi.

А. Najmiddinov
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar
boʼyicha mudir muovini