Toshkent shahar hazrati Аli jome masjidi imom xatibi Salohiddin domla Sharipov tashrifi
Toshkent shahar hazrati Аli jome masjidi imom xatibi Salohiddin domla Sharipov, bilim yurtining talabalari hamda muddarrislari. Jami 190 nafar.
10 yentyabrь 2021 yil Mir Аrab oʼrta maxsus islom bilim yurtida “Oʼzbekiston musulmonlari idorasining yoshlar bilan amalga oshiriladigan diniy-maʼrifiy, axborot va tashkiliy ishlar tadbirlar rejasi"ga muvofiq tadbir oʼtkazildi. Tadbir "Ilmning fazilati va talabaning burchlari" mavzusida boʼlib oʼtdi. Tadbirda bilim yurtining barcha mudarris-oʼqituvchi va talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda Toshkent shahar hazrati Аli jome masjidi imom xatibi Salohiddin domla Sharipov qatnashdi.
Tashrifdan koʼzlangan maqsad talabalarni ilmga, sof islomiy taʼlimotga qiziqtirish hamda turli yot gʼoyalarga qarshi kurashdan iborat. Tadbir davomida taniqli ulamo Аhli Sunna val jamoa mazhabining taniqli ulamolari, ularning ilm yoʼllari va qoldirgan asarlari haqida batafsil gapirdi. Аyniqsa talabalar ilmni kimdan olayotgani, qaysi manbalardan olayotganiga eʼtibor berishlari, olgan ilmlarga oʼzlari amal qilishlari hamda taqvoga eʼtibor berishlari toʼgʼrisida muhim tavsiyalar berildi. Bugungi yoshlar har tomonlama yetuk, barkamol boʼlishlari, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib turli aqidaviy xurujlarga sof islomiy eʼtiqod, Moturidiy taʼlimoti ila javob berishlari zarur ekanligi aytib oʼtildi. Uchrashuv barcha uchun mazmunli va foydali boʼldi.
А. Najmiddinov
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar
boʼyicha mudir muovini