13.09.2021

MIR АRАB OʼRTА MАXSUS ISLOM BILIM YuRTIGА TURKIYaLIK RАSMIY MEHMONLАRNING TАShRIFLАRI


2021 yil 11 sentyabrь kuni Mir Аrab oʼrta maxsus islom bilim yurtiga Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi Matbuoti rahbari Doktor Fotih, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi Xalqaro aloqalar boʼlimi boshligʼi Soat Xoʼja, Turkiyaning Oʼzbekistondagi elchixonasi din ishlari boʼyicha maslahatchisi Ibrohim Xoʼja tashrif buyurdilar.
Mazkur mehmonlarning Oʼzbekistonga tashriflaridan asosiy maqsadi marhum muftiymiz Usmonxon Аlimov hazratlari vafotlariga fotiha oʼqish, shuningdek, Turkiyada nashr etilgan Usmonxon Аlimov hazratlarining “Qurʼoni karimning oʼzbek tilidagi maʼnolari tarjimasi” kitoblarini talabalarga hadya qilishdan iborat.
Shuningdek, mehmonlar marhum Usmonxon Аlimov hazratlarining “Qurʼoni Karimning oʼzbek tilidagi maʼnolari tarjimasi” kitoblarini Mir Аrab oʼrta maxsus islom bilim yurti ustoz va talabalariga hadya qildilar.


Suhbat davomida Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi Matbuoti rahbari Doktor Fotih ikki davlat munosabatlarining ayni vaqtda aʼlo darajada ekani, Oʼzbekiston Respublikasi asl ilm manbaalarining oʼchogʼi ekanligini taʼkidladi.


А. Najmiddinov
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar
boʼyicha mudir muovini