BUXORO XATTOTLIK MAKTABI
Buxoro xttotlik maktabi XVI-XVII asrlarda taraqqiyotning yangi bosqichlariga ko’tarilgan. Bu davrda Buxoroda xattotlik tez rivoj topib, mashhur xattotlar etishib chiqgan.Buxoroda madaniy hayot ma’lum darajada taraqqiyot pillapoyasiga ko’tarilayotgan bir vaqtda , Hirot xattotlari va musavvirlaridan bir qismi Buxoroga keladi.Buxoroning o’ziga xos bo’lgan yangicha kitobat va husnixat san’ati rivoj topadi.XVI-XVII asrlarda yashab ijod etgan Buxoro xattotlari o’ziga xos uslub – maktab yaratadilar . Tarix sahifalarida Mir Ali Hiraviy Fatxobodiy , Mirza Ismatulloh Munshiy , Sodiq Munshiy Jondoriy , Mir Ma’sum Buxoriy , Avaz Badaliy Buxoriy , Hoji Yodgor , Domlo Bobobek , Abdulmajid Maxdum Buxoriy , Subxonquli , Muhammad Rizo Namadiy , Mirzo Mavlon Buxoriy , Abdulloh Savdo , Abdulvahhobxo’ja , Abdulqodirxo’ja , Mirzo Muhammadjon , Mirzo Ishoq kabi buyuk xattotlarning nomlari tez-tez uchrab turishi buning yorqin dalilidir . O’sha davrda Buxoroda kufiy , suls , g’ubor , nasx , nastaliq xatlari juda rivojlangan .
XVI-XVII asrlarda Buxoroda yashab ijod etgan buyuk xattot Mir Ubayd Buxoriy tomonidan nasx xati asosida yangi xat ravishi “Nasxi Buxoriy “ ( Mir Ubaydiy ) xati ixtiro qilinadi . Bu xat nasx xatidann ko’ra yirikroq bo’lib , uzining jozibadorligi va mo’jizakorligi bilan har qanday kishini o’ziga maftun etadi.
Manbalarda aytilishicha , kunlarning birida Mir Ubayd Buxoriy tushlarida Muhammad (s.a.v.)ni ko’radilar. Payg’ambar (s.a.v.) Mir Ubaydga qalam hadya etadilar. Mir Ubayd uyg’onganlarida esa galam qo’llarida bo’ladi . O’sha qalam bilan yoza boshlaganlarida mo’jiza ro’y berib , yangi xat uslubi – “Nasxi Buxoriy ( Mir Ubaydiy ) vujudga keladi . Bu xat tez orada O’rta Osiyo , Afg’oniston shimolida keng targajib , mazkur xatda Qur’onni kitobat qilish boshlanadi . Qori Mirfayz Buxoriy , Qori Abdulvohid Buxoriy , Qori Ahmad Buxoriy , Mirzo Hoshim Xo’jandiy , Muhammad Ersoriylar “ Nasxi Buxoriy “ xtida Qor’on , “ Daloil ul xayrot “ , “ Farzi ayn “ singari kitoblarni , xutbalarni kitobat qilganlar . Keyinchalik ular chop qilinib ( toshbosmada ) ,xalq orasida ommalashgan hamda sevib o’qila boshlagan .
Nastaliq xati ham Buxoroda keng yoyilib , kitoblar bitildi . Xususan ,XVI asr boshlarida Buxoroda yashagan Mavlono Mir Ali Hiraviy Fatxobodiy ko’p shogird etishtirdilar. Ularning davomchilari - Mirzo Yodgor , Mirzo fathulloh Munshiy , Mirzo Ismatulloh Munshiy , Domlo Bobobek kabi buyuk xattotlar o’zlarining buyuk hissalarini qo’shdilar.
Keyinchalik mazkur xattotlik an’analarini davom ettirgan Domlo Bobobek ham Buxoroda ko’plab shogirdlar tayyorlab bu sohada o’ziga xos maktab yaratganlar . Nastaliq xatini o’rgatishda tabiat go’zalliklaridan ilhomlanib , harflar yozilishini hayvonlarga , mevalarga qiyoslaganlar va harflarni turli ism bilan atab shogirdlariga ta’lim berganlar. Masalan: (ayn) harfiga ko’rinishiga qarab “fam ul- asad “ (sher og’iz ), “fam ul-su’bon “( ilon og’iz ),”azzun namla “ (chumoli chimdisi ); (mim ) harfiga esa “ ajdar mim”, “xurmoyi mim “, “ g’uncha mim” , “ mimi tojdor “ va hokazo deb nom berganlar.Bobobek hazratlari ,xattotlikdan tashqari , adras to’qish bilan ham shug’ullanganlar.Yozgan xatlarining ostiga ko’pincha “ Ishtibar” , ya’ni soqqachi deb imzo qo’ganlar.
Bobobek hazratlarining taniqli shogirdlaridan Said Umar , Mirzo Sarimsoq’bek Jizzaxiy , Mullo Subhonberdi ( “Domloi Jim “ laqabi bilan mashhur) kabilar davom ettirganlar.
Inqilobdan keyingi (1924-1991) yillarda Buxoro xattotlik maktabi boshqa san’at va hunarlar qatorida ancha rivojlanishdan to’xtadi.Mustaqilligimiz sharofati bilan , xattotlik san’atining rivojlanishi uchun keng yo’l ochildi.
Safarov Davlat,
Mir Arab o’rta maxsus
islom ta’lim muassasi mudarrisi