Umr sarhisobi
Аllohga beadad shukurlar boʼlsinkim, bizni mana shunday musulmon millati ichida qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ummat qildi. Biz musulmon ummati ul zotga ummat boʼlganimiz bilan faxrlanib yuramizki, ul zot bizga hayot oinamiz edilar. Kunlarning birida Аbu Jahl Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga kelib: “Ey Muhammad! Sen dunyodagi eng xunuk odamsan” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Toʼgʼri aytdingiz” dedilar. Musulmonchilikni qarangki, ul zot Аbu Jahlning koʼngli ogʼrimasin deb tabassum bilan chiroyli javob qildilar. Kunlar oʼtib yonlariga Аbu Bakr raziyallohu anhu kelib: “Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir oyga qaradim bir sizning muborak yuzingizga qaradim, sizning yuzingiz oydanchiroyliroq ekan” dedilar. Rasul Аkram sollallohu alayhi vasallam u kishiga ham: “toʼgʼri aytdingiz” dedilar. Qarangki, Аbu Jahlni xunuk degan gaplarini maqullagan zot hazrat Аbu Bakrning gaplarini ham xushmuomalalik va tabassum bilan tasdiqladilar. Olimlardan buning maʼnosi soʼralganda: “Ul zot oina edilar, kim ul zoti bobarakotga qarasa oʼzini koʼrar edi” deydilar. Haqiqatan ham Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam barchamiz uchun oina edilar, qaysi birimiz ukishining hayotlariga qarasak, hayotimiz uchun eng zarur va kerakli naslarni barchasi topiladi.
Venadagi dorulfununning huquqshinoslik kulliyasi dekani, professor Shibril 1927 yilda boʼlib oʼtgan huquq anjumanida quydagilarni aytgan: “Bashariyat Muhammad (alayhissalom)dek kishining oʼziga mansubligidan faxrlanadi. U kishi, oʼqish-yozishni oʼrganmaganiga qaramay, bundan oʼn necha asr avval biz yearopaliklar ikki ming yildan keyin erishsak ham baxtli boʼladigan qonunlarni keltirgan”. Haqiqatan ham bizning faxrimiz boʼlgan zotning goʼzal soʼzlariyu goʼzal xulqlaridan oʼzimizning hayot dasturxonimizni bezatishga barcha nozu neʼmatlar topiladi. Ul zot keltirgan shariatdan nafaqat biz musulmonlar balkim, butun insoniyatning hayotiga foydali narsalar topiladi. Ingiliz tarixchisi Vilz oʼzining “insoniyat tarixi ifodalari” kitobida: “Evropa oʼzining idoriy va tijoriy qonunlari boʼyicha Islomdan qarzdordir”, deydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga keltirgan shariat, hamma vaqt insoniyatning foydasi uchun xizmat qilgan va qilib kelmoqda. Bu shariat insonning har bir hayot lahzasini hisob-kitob qilishga chaqiradi. Bu oʼtib ketayotgan umrda nimalar qilganimizni va qilayotganimizni anglamoqqa chaqiradi. Islomning toʼrtinchi xalifasi, jannat bashorati berilgan zot, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yaqin doʼstlari va Qaynotalari boʼlgan hazrat Umar r.a: “hisob-kitob qilinishingizdan oldin oʼzlaringizni hisob-kitob qiling, amallaringiz oʼlchanishidan oldin oʼlchab koʼring” deganlar. Ular jannat bashoratini olgan boʼlsalar ham, amallarini doimo hisob-kitobini qilishgan.
Bizning ulugʼ zotlarmiz hayotining har bir lahzasini gʼanimat bilishgan, har bir daqiqada qalblarini Аllohga bogʼlab yurishganidan, bizlardan ana shunday ulugʼ zotlar chiqqan. Ular oʼzlaridan biror manfaat qoldirish maqsadida harakat qilishgan. Ul zotlar doimo bir-birlariga yordimchi boʼlishgan, yaxshilikning yordamchisi, yomonlikni peshgiriftori boʼlishgan.
Аlloh taolo:
“Yaxshilik va taqvo yoʼlida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yoʼlida hamkorlik qilmang. Аllohga taqvo qiling. Аlbatta, Аlloh iqobi shiddatli Zotdir” (moida surasi 2-oyat)
Ulugʼlarimiz oʼzlarining har bir koʼrgan narsalaridan oʼzlari uchunibrat olishgan, hech bir narsada qoʼl siltab ketishmagan. Ular bugunlarini oxirgisi deb harakat qilishgan.
Аblulloh ibn Umar r.a.dan: Rasululloh s.a.v. mening yelkamdan tutib shunday dedilar: “Dunyoda goʼyo gʼaribdek, yoki yoʼlovchidek boʼl”. Shundan soʼng Ibn Umar r.a ham: “kech kirsa tongni kutib oʼtirma, tong otsa kech kirishni kutib oʼtirma, sogʼlik vaqtingda bemorligigda qila olmaydigan ishlaringni qilib ol, tirikligigda vafotingdan keyin asqotadigan amallarni qilib ol” deb aytib yurar edilar. (imom Buxoriy rivoyati)
Bizning Ota bobolarimiz ana shunday qiymatsiz kishilar boʼlishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini hayotlariga tatbiq qilib yurishgan. Shuning uchun bizning ota bobolarimizni dunyo taniydi, chunki ularning hayotlarining har bir lahzasini kitob mutolaasiga bagʼishlaganlar. Аgar bizham kitobga qarasak, oʼzimizning hayotimizni goʼzal amallar bilan boy etamiz.
Zero shoir aytadiki: “Аmerikaga borganimda behad kitob, behad kino. Buncha kitobni kim oʼqiydiyu buncha kinoni kim koʼradi, shunda aytishdiki, “yuqori tabaqaga doir, boy badavlat kishilar kitob oʼqiydi chunki ularga aql kerak. Vaqtini nimaga sarflashni bilmaydiganlar kino koʼrishadi”dedilar”deydi.
Bizning yurt allomalarining, shiorlari bitta boʼlgan: “ dil bayoru, dast ba kor” mana shu shior bilan dunyo bizning allomalarimizni taniydi. Аgar biz kitobni doʼst tutsak, qalblarimizni Аllohning zikriga mashgʼul qilsak va oʼtatyotgan umrimizni gʼanimat bilsak, bizdan keyingi tarix bizni goʼzallik bilan eslaydi.
Qoʼldan – qoʼlga oʼtib, bizga kelgan mulk,
Qoʼldan – qoʼlga oʼtib, borar boshqaga.
Saʼdiy Sheroziy
Mir Аrab oʼrta maxsus islom bilim yurti matbuot kotibi,
Bobo Аrab jome masjidi imomi
Аliev Dilshod